So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

"Klub bilan bunday ko'rinishda xayrlashish men uchun og'ir" - Abramovichdan keyin "CHelsi"ning taqdiri nima bo'ladi? Yangiliklar

"Klub bilan bunday ko'rinishda xayrlashish men uchun og'ir" - Abramovichdan keyin "CHelsi"ning taqdiri nima bo'ladi?

"CHelsi"ning taqdiri hal bo'lmoqda - kuni-kecha Roman Abramovich rasman klubni sotishi haqida malum qildi.

Eslatib o'tamiz, 2003 yil "MYU" va "Real" (4:3) o'rtasida bo'lib o'tgan shiddatli bahsdan so'ng, Romanning futbolga bo'lgan muhabbati uyg'ongan. Aynan shundan keyin u birorta futbol klubini sotib olishga qaror qilgan.

Mana oradan deyarli 19 yil o'tib, klub ehtimoliy sankciyalardan jabr ko'rmasligi uchun "CHelsi"ni sotishga majbur bo'lmoqda. 24 fevral kuni Buyuk Britaniya parlamentida Abramovich ingliz klubiga egalik qilishi mumkinmasligi haqida so'z borgan edi. SHu sababli, Abramovich sevimli jamoasini sotishga qaror qildi, shuningdek, klubning 1,5 milliard funt miqdoridagi qarzidan ham kechib yuboishga qaror qildi.

"Iltimos, bir narsani biling: bu qarorga kelish juda qiyin bo'ldi va klub bilan bunday ko'rinishda xayrlashish men uchun og'ir. Ammo "CHelsi" uchun hozirgi vaziyatda eng to'g'ri yo'l shu. Men oxirgi marta "Stemford Brij"ga borib, hamma bilan xayrlasha olaman deb umid qilaman. Men uchun "CHelsi"ning bir bo'lagi bo'lish bir umrlik sharaf. Jamoa bilan birgalikda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman. "CHelsi" futbol klubi va uning muxlislari doim yuragimda qoladi", — dedi Abramovich.

The New York Times nashri malumotlariga qaraganda, tadbirkor avvalroq klubni kamida 2,5 milliard dollar evaziga sotiladi deb o'ylagan. Xabarlarga ko'ra, "CHelsi"ga 3ta nomzod qiziqish bildirgan. Ular orasidagi asosiy davogar amerikalik konsorcium hamda shveycariyalik biznesmen Xansyorg Viss.

Amalga oshishi mumkin bo'lgan shartnoma bo'yicha invetestorlar bilan Amerikaning Raine banki shug'ullanadi. Abramovich klub uchun davogarlarga shu haftada masalani hal qilishni taklif qildi.

Abramovich "CHelsi"ni boshqarishdan bosh tortdi. Bu nima degani?

"CHelsi" sotuvdan tushgan mablag' xayriya fondiga yo'naltiriladi.

26 fevralda Abramovich "CHelsi" boshqaruvini 2010 yil tashkil etilgan klub xayriya fondiga topshirdi. "CHelsi" u orqali xayriya va ijtimoiy loyihalar bilan shug'ullangan. Avval uning faoliyati uchun taxminan 120 million dollar sarflangandi. Jamoa boshqaruvi hamon sport direktori Marina Granovskaya hamda texnik direktor Petr CHex nazorati ostida qolmoqda.

Abramovich "CHelsi"ni Angliyaning eng muvaffaqiyatli klubiga aylantirdi

Abramovich jamoani sotishdan oldin klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lishga erishdi: 12 fevral kuni londonliklar "Palmeyras"ni mag'lub etib, tarixida ilk marotaba ushbu sovringa ega chiqishdi. Klub rossiyalik bilan erishish mumkin bo'lgan deyarli barcha titulni qo'lga kiritdi.

Roman kelganidan so'ng, "CHelsi" jahon futbolining haqiqiy grandlaridan biriga aylandi. Abramovich davrida (undan avvalgi 98 yilda 21ta sovrin) londonliklar 10dan ortiq sovrin yutishdi.

Abramovichning "CHelsi"si 5 marta Angliya chempioni bo'ldi, 5 marta mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi, 3 bora Liga Kubogi va 2 bor Angliya Superkubogiga ega chiqdi. "CHelsi" ikki marta CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasida g'olib bo'ldi. SHuningdek, bitta UEFA Superkubogini oldi va yaqinda klublar o'rtasidagi JCHga sazovor bo'ldi.


Roman Abramovich davrida londonliklar sharafini himoya qilgan eng kuchli futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Instagramda Abramovich "CHelsi"ni sotishi hakidagi post tagiga jamoaning afsonaviy sardori Jon Terri shunday izoh yozib qoldirdi: "Rahmat, Roman, klubning dunyodagi eng yaxshi egasi". 

Ha, uning bu fikriga ko'shilmasdan boshqa iloj yo'q...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика