So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Klopp navbatdagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi? (to'liq intervyu) Yangiliklar

Klopp navbatdagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi? (to'liq intervyu)

APL 14-turida “Lids”ga uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) keyin mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Liverpul” oldingi turda “Nottingem Forest”ga imkoniyatni boy (0:1) bergandi.

- SHubhasiz, bu muvaffaqiyatsizlik. O'yinni juda yaxshi boshlagandek ko'rindik, ammo keyin kutilmagan gol o'tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirdik, ammo negadir bu o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytara olmadi. O'yinni nazorat qilishga intildik va to'pni juda ko'p oldirdik.

Yigitlar harakat qilshdi, to'p bilan yaxshi muomala qildik hamda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, lekin yakunda hisob 1:1 bo'lib turganida shunday himoyalanishda davom etsang, hammasi ochiq qoladi. Ikkinchi gol bilan bog'liq vaziyatda (“Lids”ning) omad kulib boqmadi, bunaqasi bo'lib turadi. Bizda shu kabi holat yuz berdi, undan foydalana olmadik.

- Muammoni qanday hal qilish kerak?

- Ehtimol, ayrim futbolchilar haddan ortiq ko'p o'ynayotgandir, Elliot bundan mustasno edi. U yaxshi boshladi, ammo o'yinni davom ettira olmadi. Tiago esa kasal, oldinda har doim bir xil o'yinchilar harakat qilmoqda – bular, bizda qolgan uch forvard. Kurashishimiz kerak.

- Muammo individual xatolardami?

- Jamoaviy o'yin har doim individual harakatlarga asoslanadi. Biri ikkinchisiga olib keladi. Bahsni to'liq ko'rib chiqishingiz mumkin, ikkinchi gol bilan bog'liq vaziyatdagi himoyalanganimiz kabi o'ynab bo'lmaydi. Ammo shunday himoyalandik, shu tufayli mag'lub bo'ldik. Aks holda, bizda ochko bo'lardi va oldinga borishda davom etardik. Hozir esa bizda hech narsa yo'q va bu butunlay boshqa tuyg'u.

- Bundan qanday chiqib ketmoqchisiz?

- Darajani maydonda ko'rsatish kerak. Mavsum startidanoq jarohatlar bilan bog'liq muammolarga duch keldik. Futbolchilar 1-turdan boshlab o'ynashga majbur bo'lmoqda. Hozirgi holatimiz mana shunday. O'zimizga o'zimiz yordam berishimiz lozim va shunday ham bo'ladi, degan Klopp.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика