So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Klopp "Liverpul"ning "Siti" bilan kurashi haqida: "Ehtimol kam, ammo shu ham etarli" Yangiliklar

Klopp "Liverpul"ning "Siti" bilan kurashi haqida: "Ehtimol kam, ammo shu ham etarli"

Teglar :  Yurgen Klopp
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Sautgempton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

"To'qqizta o'zgarishdan keyingi o'yinimiz ham ajoyib. 0:1 yutqazayotganimizda, jarimadan gol urishimiz mumkin bo'lgan vaziyatda psixologiyani ko'rdim. Barcha bundan biroz asabiylashdi, ammo yigitlar o'zlarini bosib olishgandi. 

Biz ajoyib gol urdik, o'yindan chiqib ketmadik. Ikkinchi taymda oldinga borishda davom etdik, to'pni yaxshi nazorat qila olmagan vaqtimizda ham vaziyatlar bo'ldi. So'ngra gol urib, hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdik va barchasi joyiga tushdi. 

Top o'yin, aqlbovar qilmas chiqish, to'qqizta o'zgarish. Bu reja futbolchilar sabab ishladi. Agar o'xshamay qolganida, 1000 foiz mening aybim bo'lardi. 


- Sovrinning ehtimoli haliyam kammi? 

- Albatta, ehtimoli kam. CHunki "Siti" o'z uyida "Aston Villa" bilan o'ynaydi, ular esa ("Villa") payshanba kuni ligada qolish uchun kurashayotgan "Byornli" bilan to'qnash kelishadi. 

Ammo bu futbol. O'ylaymanki, o'shanda "Siti" (2019 yilda) 11 millimetr sabab chempion bo'lgandi ("Manchester Siti" himoyachisi "Liverpul" bilan o'yinda darvoza chizig'ini deyarli kesib o'tgan to'pni qaytarib yuborgandi).

Agar kimdir biz chempion bo'lishimizni istayotgan bo'lsa, eng avvalo g'alaba qozonishimiz kerak. "Aston Villa" esa "Siti"ga qarshi o'yinda ochko ishlashi lozim. Buning imkoni bor, ehtimoli kam, ammo amalga oshishi mumkin. SHuning o'zi etadi", - dedi Klopp. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика