So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

Klopp “Liverpul”ning mag'lubiyatida Brusterni ayblamasliklarini so'radi Yangiliklar

Klopp “Liverpul”ning mag'lubiyatida Brusterni ayblamasliklarini so'radi

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Superkubogida “Arsenal”ga uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“Rianning penaltini amalga oshira olmagani bu u qandaydir bosim ostida qoladi degani emas. Xatolar uchun kimnidir aybdor deb hisoblash lozim bo'lsa, bu menman. Uning zarba yo'llashini men istagan edim. U bu kabi ishlarni amalga oshirishga usta edi. Ammo bugun o'ylagan maqsadini amalga oshira olmadi. Hayotda va futbold bu taxlit ishlar ro'y berib turadi.

Biz barchamiz mag'lubiyatga ko'nikishni o'rganishimiz, unda xulosalar chiqarishimiz lozim. Agar o'sha vaziyatda u gol urib, boshqa bir kimdir adashganida ham shunday holat ro'y berishi mumkin edi. Hech kim xatodan holi emas. Men Rianning hech qachon 11-metrlik zarbadan adashganini ko'rmagandim. Ammo bu safar mana shu ish sodir bo'ldi”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Angliya Superkubogi uchun kechgan bahsda “Arsenal” “Liverpul”dan ustun keldi. “Uembli” stadionida kechgan bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “to'pchilar” omadliroq (5:4) chiqishdi va o'z tarixida 16-bor ushbu sovringa ega chiqishdi.

Penaltilar seriyasida omad “Arsenal” futbolchilari tomonida bo'ldi. “Qizillar” safida esa Rian Bruster 11-metrlik zarbani golga aylantira olmadi va yakunda uning jamoasi mag'lub bo'ldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика