Klopp: "Everton" bilan o'yinda g'alabaga loyiq edik"
04 sen 2022 18:45
Yangiliklar
Klopp: "Everton" bilan o'yinda g'alabaga loyiq edik"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 6-turi doirasida "Everton"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Asosiy qoida: derbida yuta olmasang, mag'lub ham bo'lma. O'yinda yutishimiz ham, shu bilan birga mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. "Everton" ham bir nechta vaziyat yaratdi.
Agarda yaratilgan vaziyatlarni inobatga olsak, "Liverpul" g'alabaga loyiq o'ynadi. O'yin yakunida bizda 100 foizlik vaziyat yuzaga keldi. O'sha erda urganimizda aniq g'alaba qilgan bo'lardik. Alisson ham ikkita yaxshi seyv qildi. Raqibning bir goli hisobga olinmadi. O'yin juda bosimga boy o'tdi.
CHorshanba kungi ajoyib o'yindan keyin g'alabalarga tayyor bo'lgandik. Biz kurashishda davom etyapmiz", - dedi "Liverpul" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar