Kevin-Prins Boateng: "Balotelli uchta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin edi, u fenomen"
15 noy 2023 09:38
Yangiliklar
Kevin-Prins Boateng: "Balotelli uchta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin edi, u fenomen"
"Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng sobiq jamoadoshi, hujumchi Mario Balotelli haqida gapirdi.
“Men Balotellini yaxshi ko'raman va u uchta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkin edi, deb o'ylayman. Unga faqat mendek to'g'ri yo'lga boshlovchi inson kerak edi.
Balotelli va Leau o'rtasida tanlov qilsam, kimni afzal ko'raman? Rafa juda kuchli, lekin Mario boshqa darajada edi. U fenomen edi va dunyoga nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Men u bilan o'ynadim. Agar umashg'ulotlarda jiddiy harakat qilsa, nima qila olishini ko'rdim.
Har bir futbolchi uzoq yillar yuqori saviyada o'ynay olmaydi. Men uchun Balotelli top futbolchi, dunyoning eng yaxshi beshta hujumchisidan biri edi. Ibragimovichga mahorat bobida faqat Mario yaqinlashdi», - deb fikr bildirdi Boateng.
Balotelli ayni damda “Adana Demirspor” jamoasi azosi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar