Kassano Dibalani kuchli futbolchi deb hisoblamaydi
21 avg 2022 20:17
Yangiliklar
Kassano Dibalani kuchli futbolchi deb hisoblamaydi
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala klubdagi etti yillik faoliyatidan so'ng Turinning "Yuventus" klubini tark etdi va "Roma" futbolchisiga aylandi.
"Milan" klubining sobiq hujumchisi Antonio Kassanoning fikricha, "Inter" Dibala bilan jiddiy qiziqmagan. Boz ustiga, Kassano argentinalik futbolchini kuchli deb hisoblamaydi.
"Agarda kuchli futbolchi bo'lganida, "Yuventus" uni qo'yib yubormasdi. "Inter" Dibalani rad etdi va Lukakuni tarkibga qo'shib oldi. Dibala o'n million evroni xohlasa ham, besh million maoshga rozi bo'ldi. Men "Palermo"dagi vaqtidan beri uning alohida hech qanday xislati yo'qligi aytib kelaman, shuning uchun Pauloga ingliz klublari ham qiziqmayapti", – dedi Kassano.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar