Karvaxal: "Bahona izlashdan foyda yo'q, "Ayaks" bizdan yaxshi o'ynadi"
06 mar 2019 12:18
Yangiliklar
Karvaxal: "Bahona izlashdan foyda yo'q, "Ayaks" bizdan yaxshi o'ynadi"
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini (1:4) haqida fikr bildirdi.
"O'zimni hech qachon bunchalik yomon his qilmaganman. Nima bo'lganini tushuntirib berolmayman. Hafta davomida bizni o'z maydonimizda jazolashdi. Bahona izlashdan foyda yo'q, "Ayaks" bizdan yaxshi o'ynadi.
"Barselona"dan uchralgan ikkita mag'lubiyatdan so'ng o'zimizga kelish qiyin bo'ldi. Ikkita xato tufayli hisob 0:2ga aylandi, uchinchi gol esa bizni to'xtatdi.
Jamoamiz yosh, hali o'sishga qodirmiz. Mavsum biz uchun deyarli yakunlandi, ammo Ispaniya chempionatida ishlashda davom etamiz" - deydi Karvaxal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar