Karrager: "Arsenal" APLda g'alaba qozonishi uchun "Siti"dan 3 ochko olishi kerak"
22 apr 2023 19:08
Yangiliklar
Karrager: "Arsenal" APLda g'alaba qozonishi uchun "Siti"dan 3 ochko olishi kerak"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Arsenal"ning "Sautgempton"ga qarshi o'yinidan (3:3) keyin "kanonirlar"ni kutayotgan "Manchester Siti" bilan to'qnashuv haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Sizning hafsalangiz pir bo'lgan bo'lishi mumkin. Neytral ishqiboz uchun ajoyib o'yin bo'ldi. Menimcha, ligada g'alaba qozonish uchun "Arsenal" "Siti"ga qarshi o'yinda 3 ochko ishlashi lozim. Hali hammasi "Arsenal"ning qo'lida. Endi ular mo'jiza ko'rsatishlari kerak", – dedi Karrager.
"Arsenal" 75 ochko bilan APLda etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" esa 5 ochko kam to'plagan, ammo Xosep Gvardiola shogirdlarida hali ikkita o'yin bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar