So’nggi yangiliklar

10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  1 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  8 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  1 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  11 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  14 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  8 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  8

Karlush Keyrush: "Men uchun siyosiy gaplar muhim emas" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Men uchun siyosiy gaplar muhim emas"

Teglar :  EronKarlush Keyrush
JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Eron bahsi ham biz uchun juda muhim hisoblanadi.

CHunki Janubiy Koreya biz bilan birga ikkinchi o'rin uchun kurashmoqda. Malumki, Eron termasi jahon chempionati yo'llanmasini muddatidan oldin hal qilgan, shu bois ular uchun ertangi o'yin u qadar yuqori ahamiyatga ega emas. 

Eron terma jamoasi Seulga kelishdan oldin bir muammoga duch keldi. Gap shundaki, Eron hukumati terma jamoa sardori Masud SHojayining Janubiy Koreyaga uchishiga ruxsat bermadi. Bunga sabab sifatida futbolchi Greciyaning "Panionios" klubi safida 4 avgust kuni Isroilning "Makkabi" jamoasiga qarshi Evropa ligasi pley-off uchrashuvida maydonga tushgani ko'rsatildi. 

Hozirda Eron va Isroil o'rtasidagi siyosiy munosabatlar yaxshi emas, shu bois sportning futboldan boshqa turlarida ham Eron hukumati o'z sportchilarini isroilliklar bilan bellashishiga yo'l qo'ymaydi. Eron sport ishlari vaziri Muhammad Rizo Davarzani, Masud SHojayi borasida quyidagicha bayonot berdi: "SHojayi uchun milliy terma jamoada boshqa joy yo'q, shuningdek uning klubdoshi Ehsan Hajsafi uchun ham. CHunki ular Eronning "qizil chizig'i"ni kesib o'tishdi". 

Tabiiyki bunday bayonotga terma jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush shunchaki qarab turgani yo'q. Qolaversa, FIFA qoidalarida ham futbolga siyosatning aralashishi man qilingan. Kuyrush "Reuters" axborot agentligiga intervyu berar ekan, shunday deydi: "Faraz qiling, odamlar mendan Masud SHojayi bilan Ehsan Hajsafi nima uchun Janubiy Koreyaga kelishmadi deb so'rashadi. SHunda men nima deb javob beraman?"

"Men siyosiy voqealarga aralashmayman, shuningdek diniy, ijtimoiy va iqtisodiy savollarga javob berishni ham yoqtirmayman. Men - futbol odamiman va ishim jamoani bo'lajak o'yinlarga tayyorlash. O'yinni yutish mening javobgarligimga kiradi. Mendan aslo diniy yoki siyosiy savollarga javob kutmang. CHunki otam menga faqat futbol o'ynash va futbolda ishlashni o'rgatgan. Va u menga doim futbolni hech qachon aldama deb aytgan".

Karlush Keyrush nomi Eron futboli uchun muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki u terma jamoa bilan yuqori natijalarga erishmoqda. O'z navbatida eronlik muxlislar ham undan xursand. 

"Mening vazifam odamlarga quvonch ulashish, - deydi portugaliyalik murabbiy. - Men muxlislar uchun ishlayman, jamoam ishqibozlar uchun o'ynaydi. Futbol - xalq o'yini. Futbolni har qancha hukumat, podsholar, qirollar boshqarishga urinmasin, u baribir odamlar o'yini bo'lib qolaveradi va men mana shu insonlar uchun ishlayman". 

X.Xoliqov. 


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика