So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  2 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  6 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

Karlush Keyrush: "Ertaga guruhimizdangi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Ertaga guruhimizdangi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz"

Teglar :  Karlush KeyrushEron
O'zbekiston va Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Karlush Keyrush ishtirok etdi.

Unga jamoa futbolchisi Masud SHojai hamrohlik qildi.

"O'zbekiston mamlakatiga, O'FFga, o'zbek jurnalistlariga minnatdorchiligimni bildiraman. Toshkentga uchinchi marta Eron ustozi sifatida keldim. Bundan juda xursandman. Ertaga guruhimizdangi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz. Sababi O'zbekiston dastlabki 2 turdan oldin guruh peshqdami bo'lib turibdi. Bizdan kutayotgan yaxshi natijani Eronga olib borishga harakat qilamiz", - deydi Keyrush.

"Albatta bosh murabbiy aytib o'tganidek guruhdagi eng yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Bu jamoa doim kuchli bo'lib kelgan. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Uyga ijobiy natija bilan qaytishga umid qilamiz", - deydi SHojai.


- Dejaga va Jahonbash jarohatlari tufayli ertaga maydonga tusha olishmasa bu Eron uchun qanchalik katta yo'qotish bo'ladi?

- Jarohatlar futbolning ajralmas qismi. Terma jamoada Dejaga, Jahonbaxsh yoki SHojaidan kuchliroq yulduz bor. Bu yulduzning nomi - jamoa. Ertaga bu ikki futbolchi maydonga tushishga tayyor, bu Eron yaxshi xabar. Bu ikki futbolchining maydonga tushishi esa O'zbekiston uchun yomon xabar.

- Terma jamoa o'zagi baribir 15-16 nafar futbolchidan iborat bo'ladi. Siz kimlarga ishonayapsiz?

- Bugungi kunda Eronda futbolchilar borasida muammo yo'q. Terma jamoa yildan yilga o'sib bormoqda. Men termaga kelganimda bir nafar futbolchi Evropa klublarida o'ynardi. Hozir esa 11 nafar futbolchimiz Evropa qitasida o'ynamoqda.

- Ertaga avstraliyalik hakam Benjamin Uilyams ishlaydi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Albatta bu futbol. Unda barcha xato qiladi, murabbiy ham, futbolchilar ham, hakamlar ham xato qiladi. Hozirgi zamonaviy futbolda to'rtta jamoa bor: mezbon, mehmon, hakamlar va komissarlar jamoasi. Ertaga mana shu to'rtta jamoa o'z ishini to'g'ri bajarishadi deb umid qilaman. FIFAning halol o'yin bayrog'i ostida maydonga tushayapmizmi shunga mos tarzda o'ynashimiz kerak.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика