Karim Benzema: "Biz qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz"
18 sen 2023 12:59
Yangiliklar
Karim Benzema: "Biz qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz"
Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi, 1-tur doirasida OKMK Jiddada Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasi mehmoni bo'ladi.
O'yindan avval Karim Benzema fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"OCHL juda muhim turnir. Biz qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Jamoa tayyor. Zavqdan boshimiz ko'kda. Bor kuchimizni ishga solib, g'alaba qozonishga intilamiz.
Biz uyushqoq jamoamiz va har doim o'z o'yinimizni yaxshilashga intilamiz. Aynan shu narsa bizning asosiy maqsadimiz.
Futbol falsafasi butun dunyoda har xil, ammo mening rolim o'zgarishsiz qoladi: gol urib yoki assist berib, jamoa g'alabasiga hissa qo'shish.
Bugungi kunda jamoaning rivojlanishiga qo'shayotgan hissamdan faxrlanaman.
Men ishimni bajarish davomida bor kuch va etiborimni maksimal darajada harakat qilishga intilaman. Bu sovrinlarni qo'lga kiritish men uchun eng muhim vazifa.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar