Karim Benzema: "5 yil oldin "Oltin to'p"ni olishimni hech kim tasavvur ham qilmagandi"
22 okt 2022 23:42
Yangiliklar
Karim Benzema: "5 yil oldin "Oltin to'p"ni olishimni hech kim tasavvur ham qilmagandi"
"Real" forvardi Karim Benzema "Oltin to'p"ni olgani haqida gapirdi.
"Bu qasos emas. Balki ishni eng pastdan boshlagandirman. Jamoam doim yonimda, biroq ular meni o'z holimga tashlab qo'yishgani yo'q. O'tgan 4-5 yil davomidagi ularning mehnatini qadrlash kerak. Ular meni shunday inson qilib yaratishdi.
O'z joyimda qoldim va ishlashda davom etdim. O'sha sahnada bo'lishni istadim va bo'ldim. Bu "Oltin to'p" men uchun qadrli, chunki faoliyatimning eng chiroyli laxzalari bo'ldi. Endi esa bu tarixga aylandi.
Besh yil oldin hech kim mening "Oltin to'p"ni olishimni tasavvur qilmagandi. Hech kim! Mana nima sababdan bu "Oltin to'p" tarixga kiradi", - dedi Benzema.
Fikrlar