Kamolot kubogi final bosqichiga qura tashlandi
12 may 2014 19:14
Yangiliklar


Kamolot kubogi final bosqichiga qura tashlandi
Uchinchi marotaba tashkil etilayotgan musobaqaning 2014 yilgi final bosqichiga jami sakkiz – O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining sport klubi (O'zDJTI SK), O'zbekiston Milliy universiteti (O'zMU), Guliston Davlat universiteti (GulDU), Toshkent Temiryo'l muhandislari instituti (ToshTYMI), Toshkent Moliya instituti (TMI), Farg'ona davlat universiteti (FarDU), Buxoro Davlat tibbiyot instituti (BuxDTI) va Nukus Davlat pedagogika instituti (NDPI) jamoalari yo'llanma olishdi.
Musobaqa final bosqichi 13-17 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Xususan, guruh bosqichi, yarim final va 3-o'rin uchun uchrashuvlari CHilonzor stadionida o'tkazilsa, final uchrashuviga Paxtakor markaziy stadioni mezbonlik qiladi.
Qura natijalariga ko'ra, final bosqichi A guruhidan O'zDJTI SK, O'zMU, FarDU va TMI jamoalari, V guruhidan esa GulDU, ToshTYMI, NDPI va BuxDTI jamoalari o'rin olishdi.
Kamolot kubogi final bosqichi taqvimi
13 may, seshanba
9:30. O'zDJTI SK – TMI
11:00. O'zMU – FarDU
12:30. GulDU – BuxDTI
14:00. ToshTYMI – NDPI
14 may, chorshanba
9:30. GulDU - NDPI
11:00. ToshTYMI - BuxDTI
12:30. O'zDJTI SK - FarDU
14:00. O'zMU - TMI
15 may, payshanba
9:30. O'zDJTI SK – O'zMU
11:00. FarDU - TMI
12:30. GulDU - ToshTYMI
14:00. NDPI – BuxDTI
Yarim final uchrashuvlari
16 may, juma
9:30. A guruhi g'olibi – V guruhi 2-jamoasi
11:00. V guruhi g'olibi – A guruhi 2-jamoasi
3-o'rin uchun uchrashuv
17 may, shanba
10:00da boshlanadi.
FINAL
17 may, shanba
17:30da boshlanadi.

Fikrlar