Kamoliddin Tojiev: "Gol uradigan hujumchimiz yo'q"
26 okt 2024 18:58
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Gol uradigan hujumchimiz yo'q"
Kamoliddin Tojiev: Bugun to'pni yaxshi nazorat qildik, ammo ikkita xato tufayli darvozamizdan ikkita gol olib chiqdik.
- "Paxtakor"da tarkib yomon emas, lekin nimadir yotishmayotgandek?
- Gol uradigan hujumchimiz yo'q. To'pni yaxshi ushlab turibmiz, o'yinni nazorat qilyapmiz, ammo darvozaga zarba bermasak gol bo'lmaydi.
- Ikkinchi bo'limda himoya o'rniga Xoldorxonov maydonga tushdi, buni noto'g'ri o'zgarish deb hisoblaysizmi?
- Ha, bazi o'zgarishlarimiz xato bo'ldi.
- Bu mavsum "Markaziy stadion"dagi o'yinlarda "Paxtakor" ikki marta yutqazdi ("Nasaf" - "Paxtakor" 1:0). Bu stadion tasirimi yoki boshqa omilmi?
- Yo'q, maydon tasiri emas. Xatolarimiz gol bilan tugadi. Bazi boshqa o'yinlarda 20ta xato ham golga olib kelmaydi. Futbol shunisi bilan qiziq.
- "Paxtakor" sovrinlar uchun kurashdan chiqdi deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, chiqqani yo'q. Biz oxirigacha kurashamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar