So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  1 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  20 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  15

Kamo Gazarov: "Ishontirib aytamanki, tez orada “Dinamo”ning o'yini o'zgaradi" Yangiliklar

Kamo Gazarov: "Ishontirib aytamanki, tez orada “Dinamo”ning o'yini o'zgaradi"

Uchrashuvni yirik hisobda yutqazgan bo'lishiga qaramasdan “Dinamo” jamoasi murabbiyi Kamo Gazarov jurnalistlarning savollariga batafsil javob qaytardi:
Avvalgi uchrashuvni o'z uyimizda yirik hisobda boy berganimizning asorati bugungi o'yinda ham sezilib turdi. Garchi o'yindan oldin jamoa o'yinchilari yig'ilib, fikrni bir joyga qo'ygan holda o'ynashni niyat qilishgan bo'lishsa-da, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish jarayonlarida ruhiyatning pastligi xalaqit berdi. Biz Bekobodga ochko ilinjida tashrif buyurgandik. Kamida durang, bo'lmasa g'alaba qozonishni istagandik. Dastlabki daqiqalarda tashabbusni qo'lga olganimizda niyatimiz amalga oshadigandek ko'ringandi. Biroq “Metallurg”ning tajribali o'yin tizginini darhol qo'lga olishdi va bizning niyatlarimizni puchga chiqarishdi. Birinchi gol futbolchilarimiz ruhiyatini tamomila sindirdi, deyishim mumkin.

 Jamoamiz tez orada boshqacha o'yin ko'rsatishini ishonch bilan ayta olaman. Biz kuchlilar safidagi mavqeimizni saqlab qolishimizga ishonaman. Potencial imkoniyatlarimiz yuqori. Jarohatlangan futbolchilarimiz safga qaytishsin, ko'rasiz. Qolaversa, asosiy tarkibning qator o'yinchilari davralar oralig'ida tibbiy ko'rikdan o'ta olishmadi. Ularning ham safga qaytishini kutayapmiz. Xoh safarda bo'lsin, xoh uyimizda, biz qolgan o'yinlarda ham faqat g'alaba ishtiyoqida o'ynaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика