Kalderon: "Ronalduni Neymarga almashtirishlari haqida malumot tarqatish aqlli ish emas"
15 jan 2018 21:14
Yangiliklar
Kalderon: "Ronalduni Neymarga almashtirishlari haqida malumot tarqatish aqlli ish emas"
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon PSJ hujumchisi Neymar "Qirollik klubi"ga o'tishi, ushbu transferda Krishtianu Ronaldu ishtirok etishi haqidagi xabarga izoh berdi.
"Ronaldu va Neymar almashtirilishi haqida malumot tarqatish aqlli ish emas. Oldinda turli turnirlardagi ko'plab o'yinlar bor va bunday malumotdan yagona maqsad - natija keltirishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan janjal keltirib chiqarish.
Hozir Krishtianu tushuntirish so'raydi va agar "Real" uni sotib yuborsa noto'g'ri bo'ladi. Uni klubga taklif qilish uchun qiyinchiliklarga duch kelganman. Peres transferni yo'qqa chiqarmoqchi edi, u mag'rur va Ronaldu "Real"ning Di Stefanodan keyingi eng yaxshi transferi ekanligini tan olmaydi. SHu sababli u "Real"da 4ta "Oltin to'p" olgan futbolchi bilan yomon munosabatda" - deydi Kalderon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar