Kalderon: "Real" Kasilyas o'rnini bosish uchun 63 mln. evro sarfladi"
27 mar 2019 12:06
Yangiliklar
Kalderon: "Real" Kasilyas o'rnini bosish uchun 63 mln. evro sarfladi"
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon yana bir bor "Qirollik klubi" rahbariyatini tanqid qildi.
"Real" Kasilyas o'rnini bosish uchun 63 mln. evroga besh nafar posbon sotib oldi. Ko'pchilikning fikricha, besh yil o'tganiga qaramay Iker hozir ham "Real" darvozasini qo'riqlay olar ekan" - deb yozdi Kalderon o'z "tvitteri"da.
Jurnalist Federiko Jey Rodriges Kalderon fikriga qo'shilmadi: "Kasilyas o'rnini Keylor Navas egallagan bo'lsa, qaysi besh darvozabon haqida gap ketyapti? "Real" u bilan ketma-ket uch marta CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi. Esingizdami, "Real" o'ninchi CHempionlar ligasini qo'lga kiritayotganida kim xato qilgani? Baxtingizga hammasini Ramos to'g'irladi".
Kasilyas Rodriges fikriga quyidagicha javob yozdi: "Ahmoq bo'lma Fede... Sen yaxshi jurnalistsan".
Fikrlar