Fabricio Romano: Kalaforining "Arsenal"ga transferi yaqin kunlarda hal bo'ladi
20 iyu 2024 16:33
Yangiliklar
Fabricio Romano: Kalaforining "Arsenal"ga transferi yaqin kunlarda hal bo'ladi
"Arsenal" "Bolonya" bilan Italiya terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafori transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Muzokaralar ijobiy ruhda o'tmoqda va yakuniga yaqin.
"Kanonirlar" futbolchining o'zi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishib qo'yishga ulgurishgan.
Kalafori "Bolonya"ga 2023 yil avgustida "Bazel"dan ko'chib o'tgandi. Uning "Bolonya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsum 22 yoshli markaziy himoyachi barcha musobaqalarni inobatga olganda, 37 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma etkazib berdi. Evropa chempionatida Kalafori 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 assist qayd etib, 3 bor sariq kartochka ishlab oldi.
"Transfermarkt" portali italiyalikni 45 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar