So’nggi yangiliklar

10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  4 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0

Juda kam maosh oladigan TOP futbolchilar Yangiliklar

Juda kam maosh oladigan TOP futbolchilar

Futbolchilar nisbatan katta maosh olishlari hech kimga sir emas.

Hattoki o'rtamiyona futbolchilar ham boshqa ko'plab insonlar butun umri davomida ishlab topadigan pulni bir yilda topadi. Biroq o'sha top-futbolchilar ichida ham, ularning bazi hamkasblari bilan solishtirganda juda kam maosh oladiganlari yo'q emas. Ana shunday mehnatiga yarasha haq olmayotganlar kimlar? 


Ferlan Mendi

2019 yil Ferlan "Real"ga ko'chib o'tdi va Marseloning asosiy tarkibdagi joyini olib qo'ydi. Mendi "Real"da yiliga bor yo'g'i 3 200 000 evro ishlab topadi. Klubda undan kamroq maosh faqatgina darvozabon Andrey Luninda. Raqobatda enggani o'sha Marselo ham franciyalik himoyachidan ikki barobar ko'proq oylik oladi.


Eduar Mendi 



2014 yil Eduar faoliyatini yakunlashga yaqin kelgandi. U klubsiz va yashash uchun uysiz qolgandi. Ammo u "Marsel"dan taklif oladi va o'ynashda davom etadi. 2020 yilda posbon "CHelsi"ga ko'chib o'tdi. U darhol jamoaning asosiy kiperiga aylandi va CHempionlar Ligasida zafar quchdi. Hozir u dunyoning eng yaxshi golkiperlaridan biri. Barcha xizmatlariga qaramay, Mendi yiliga bor yo'g'i 3 170 000 evro maosh oladi. Uning o'rinbosari Kepa esa - 6 millionga ko'proq.


Mikel Oyarsabal 

U shubhasiz "Real Sosedad" etakchisi. Yarim himoyachi oxirgi yillarda yuqori saviyadagi o'yin namoyish etmoqda. Misol uchun o'tgan mavsum u 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Klubning chempionatda 5-o'rinni egallashida Mikelning xizmati katta. SHuningdek, u Ispaniya terma jamoasida ham o'z nuqtasida asosiy futbolchilaridan biri. Bu kabi yutuqlariga qaramay, Mikel yiliga bor yo'g'i 2.2 million evro ishlab topadi. 


Andrea Belotti 

SHubhasiz, so'nggi 5 yilda u Italiya chempionatinning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Belotti Turinning "Torino" klubi safida harakat qiladi. Jamoa tarkibidagi 238 o'yinda futbolchi 107 ta gol urib, 28 ta golli uzatma etkazib berdi. O'z jamoasida u eng katta maoshga ega - yiliga 2 million evro. Biroq uning oyligini va boshqa forvardlarniki bilan solishtirsak, qiziq vaziyat yuzaga keladi. Misol uchun Belottidan yaqqol kuchli bo'lmagan "Roma"dagi Borxa Mayoral 200 ming ko'proq oylik oladi.


Pedri

Bugungi kunda 19 yoshlilar ichida Pedri dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. SHuningdek, u o'z mavqeyini tiklab borayotgan "Barselona"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. SHunga qaramay, ispaniyalik iqtidorning maoshi - yiliga 1.9 million evro. Uning jamoadoshi Bretueyt 2 million ko'proq maoshga ega. 


Bukayo Saka 



"To'pchilar"ning 20 yoshli azosi o'z tengqurlari ichida dunyoning eng qimmati hisoblanadi. Bukayoning yillik maoshi 1.8 million evro. Saka "Arsenal"ning so'nggi ikki yildagi eng stabil futbolchisi hisoblanadi. Misol uchun Nikolya Pepe angliyalik hamkasbidan 2.5 barobar ko'proq maosh oladi.


Teo Ernandes

Bugungi kunda Teo A Seriyaning eng yaxshi qanot futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ernandes o'z nuqtasi uchun ajoyib samaradorlik ko'rsatmoqda. Italiyadagi 2.5 yilda u 17 ta gol urdi va 18 ta assist qayd etdi. Bunga qaramay, himoyachining maoshi bor yo'g'i 1.5 million evro - "Milan" futbolchilari ichida 13-ko'rsatkich.


Skott Maktominey 



MYUning shotlandiyalik tarbiyalanuvchisi birinchi mavsumidayoq o'zini ijobiy tomondan ko'rsatdi. Skott 5 yildan buyon "qizil iblislar" safida harakat qilmoqda va markaziy chiziqning muhim azolaridan biri hisoblanadi. Maktominey klubda eng kam oylik oladi - yiliga 1 170 000 evro. 1.5 yil avval u klub bilan shartnoma muddatini uzaytirdi, ammo maoshining oshirilishini talab qilib o'tirmadi.


Robin Gosens 


Futbol olami bu futbolchi haqida Evro-2020"dan keyin bildi. Robin ushbu musobaqada Germaniyaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. "Atalanta" safida Gosens 74 uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda 21 ta gol va 14 ta golli uzatmani qayd etishga ulgurgan. Bergamo klubi safida Robin 800 ming evro maoshga ega edi. Qishda u Milanning "Interi" safiga ko'chib o'tdi, biroq ushbu klubda ham Robin bor yo'g'i 2.5 million evro maosh olishi malum qilingan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика