So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

Joze Mourino: “Bornmut” bir kishi kam bo'lib qolganda nima qilish kerak bo'lsa, shuni qildi” Yangiliklar

Joze Mourino: “Bornmut” bir kishi kam bo'lib qolganda nima qilish kerak bo'lsa, shuni qildi”

“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourino APL 27-turida jamoasining “Bornmut”ga (1:1) qarshi bahsidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz birinchi bo'limni ajoyib tarzda o'tkazdik va kamida 3:0 yoki 4:0 hisobida oldinda bo'lishmiz lozim edi. Ammo yakunda bor yo'g'i durangga erishdik. Bunda kimni ayblash mumkin? Albatta o'zimni, boshqa hech kimni emas. Biz qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardik.

Ikkinchi bo'limda biz bir kishi kam bo'lib qolgan jamoa bilan kuch sinashdik. “Bornmut” futbolchilari hisobni saqlab qolish uchun himoyada mustahkam turishdi. Qolaversa, raqib posbonining o'yinini alohida takidlash joiz.

O'yin tugashi sari jamoaning hujum sifati tushib ketdi. Biz shunchaki gol ura olmadik.

Hakamlar ikkita eng muhim vaziyatda har ikkala darvozaga ham penalti belgilashdi. Qolgan qarorlar bo'yicha sharh berolmayman. Hakamlar brigadasi o'yinni yaxshi o'tkazishdi.

Bazida 10 kishiga qarshi o'ynash yaxshi, bazida qiyin. Agar biz ikkinchi bo'lim boshida tezkor gol urganimizda, keyinchalik yana gol urishimiz osonlashardi. “Bornmut” esa bir kishi bo'lib kam bo'lib qolganda, qanday harakat qilish lozim bo'lsa, xuddi shunday harakat qildi. Buning uchun ularni ayblamoqchi emasman”, deydi Mourino.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика