Jorje Jezush: Men 35 yillik faoliyatimda Navbahordek vaqtni cho'zib, anti-futbol o'ynaydigan jamoani ko'rmaganman
19 sen 2023 09:05
Yangiliklar
Jorje Jezush: Men 35 yillik faoliyatimda Navbahordek vaqtni cho'zib, anti-futbol o'ynaydigan jamoani ko'rmaganman
Al Hilol bosh murabbiyi Jorje Jezush o'yindan keyin Navbahor haqida juda keskin fikrlar bildirdi.
O'yin qiyin bo'ldi. har daqiqada raqib futbolchisining maydonda yotgani sababli o'yin tempi tushib ketdi. Bir vaqtning o'zida 2-3 nafar futbolchi maydonda yotibdi, men bunday futbolga o'rganmaganman.
Bugungi natija meni umuman xavotirga solmaydi, chunki biz bugun futbol ko'rmadik. Men bunday zerikarli va kulguli futbol o'ynab ko'rmaganman. Men 35 yillik faoliyatimda «Navbahor»dek vaqtni cho'zib, anti-futbol o'ynaydigan jamoani ko'rmaganman.
Biz futbol o'ynashni xohlamaydigan jamoaga qarshi bahs olib bordik. Barcha hakamning harakatlarini ko'rdi, uning darajasi raqibimiz bilan bir xil ekan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar