So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  1 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

"Jomboy" futbol klubi O'zPFL qatnashchilari safidan chiqarildi Yangiliklar

"Jomboy" futbol klubi O'zPFL qatnashchilari safidan chiqarildi

Teglar :  JomboyO'zPFL
2022 yilning yanvar oyida O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan Ishchi guruh 2021 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan futbol klublarining umumiy ish faoliyati, ijro intizomi, musobaqada ishtirok etish va licenziyalash bilan bog'liq talablarning bajarilishini o'rgandi.

Bu jarayonda "Jomboy" futbol klubi "2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti" hamda "Licenziyalash reglamenti"dagi qator talablarni bajarmagani malum bo'ldi.

"Jomboy" futbol klubi O'zPFL Ijroiya qo'mitasining 2022 yil 24 fevral kunidagi 02-sonli yig'ilish bayoni bilan tasdiqlangan qarorga asosan umumiy ish faoliyati belgilangan tartibda tashkil etilmagani, hujjatlar umuman yuritilmasligi, klub faoliyatini tashkil qilishi uchun ofis mavjud emasligi, futbolchi va murabbiylar uchun ish haqi to'lanmasligi, buxgalteriya hisobi yuritilmasligi, umuman moliyalashtirish manbalariga ega emasligi, 2021 yilda belgilangan tartibda moliyalashtirilmagani sababli O'zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi.

"Jomboy" futbol klubiga O'zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarilgani sababli Samarqand viloyatining 2-Liga musobaqasida qatnashish tavsiya etiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика