So’nggi yangiliklar

14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  20 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  7 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  11 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2

Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasiga qura tashlandi, ertadan qiziqarli bahslar boshlanadi Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasiga qura tashlandi, ertadan qiziqarli bahslar boshlanadi

Joriy yil 22-30 oktyabr kunlari poytaxtimizda ilk marotaba vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari hamda yirik korxona va tashkilotlar xodimlari o'rtasida futbol bo'yicha Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.

Bugun «Milliy» stadionda ushbu musobaqalar oldidan matbuot anjumani hamda qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi masul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

«Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasining pley-off bosqichlarida jamoalar maydonda 8 kishidan harakat qilishadi va o'yin maydonining teng yarmida tashkil etiladi. Har bir jamoa zaxirasidan yana 7 kishi joy oladi.

SHuningdek, bu musobaqada faqat markaziy apparat xodimlari emas, balki tizimdagi tashkilotlardan ham havaskor futbolchilar jamoa tarkibiga jalb etilishi mumkin. Bundan ko'zlangan maqsad, korxona-tashkilotlar markaziy apparatida xodimlar kamligi sababli chetdan professional yoki yarim professional jamoalarda to'p tepayotgan futbolchilarni jalb etilishining oldini olishdan iborat.

Qolaversa, «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasida professional faoliyatini yakunlaganiga kamida besh yil bo'lmagan hamda ishga qabul qilinganiga kamida bir yil to'lmagan xodimlarning qatnashishiga ruxsat berilmaydi. Bu ham musobaqaning halol, shaffof va adolatli o'tishiga xizmat qiladi.

SHundan so'ng ilk marotaba tashkil etilayotgan «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasiga qura tashlandi. Unga ko'ra jamoalar o'z raqiblarini bilib olishdi.


«Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi»

1/32 final juftliklari

Respublika manaviyat va marifat markazi – Davlat Soliq qo'mitasi

«O'ztransgaz» AJ – Maktabgacha talim vazirligi

«SHarq» nashriyoti DUK – Turizmni rivojlantirish qo'mitasi

Avtomobil yo'llari qo'mitasi – Moliya vazirligi

«Turon bank» AT – «Uzvtorsvetmet» AJ

«Vaqf» xayriya jamoat fondi – Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi

«O'zagrotexsanoatxolding»AJ – Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi – Milliy olimpiya qo'mitasi

«Kafolat sug'urta kompaniyasi» AJ – Davlat test markazi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi agentligi – «Agrobank» ATB

«O'zdonmahsulot» AK – O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

Markaziy bank – Pensiya jamg'armasi

O'zbekiston futbol associaciyasi – «O'zbekenergo» AJ

«Olmaliq KMK» AJ – O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari

«O'zstandart» agentligi – O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi – Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko'rsatish markazi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspekciyasi – Xalq talimi vazirligi huzuridagi Talim markazi

Transport vazirligi – «O'zbekiston havo yo'llari» AJ

«O'zagrosug'urta» AJ – «O'zarxiv» agentligi

Oliy attestaciya komissiyasi – «O'zsanoatqurilishbank» ATB

Gidrometeorologiya xizmat markazi – «O'zbekcharmsanoat» uyushmasi

«Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasida 53ta jamoa qatnashmoqda. 11ta jamoa bahslarga 1/16 finaldan qo'shiladi. O'yinlar har kuni soat 10:00dan boshlanadi.



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика