So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Jerar Saragosa: "Biz hali "tirikmiz" va oxirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Jerar Saragosa: "Biz hali "tirikmiz" va oxirigacha kurashamiz"

Kecha bo'lib o'tgan "SHabab Al Ahli" - "Paxtakor" bahsi 0:0 hisobida yakun topdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida dubayliklar bosh murabbiyi Jerar Saragosa quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Maydonda ikkita yaxshi jamoa kurash olib bordi. Dastlabki ikki turdan so'ng hisobimizda umuman ochko yo'q edi. Dohaga kelib 7 ochko to'pladik va hozirgi ahvolimiz ancha yaxshi. Endi bizda ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati paydo bo'ldi.

- Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- SHuni aytishim mumkin, biz hali "tirikmiz" va imkon bor ekan oxirigacha kurashamiz.

- "SHabab Al Ahli" keyingi turni "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Har bir bahs qiyin o'tyapti. "Al Hilol" - kuchli jamoa, bejizga o'tgan yil OCHL g'olibi emas. Har o'yindan oldin ularda koronavirus bilan bog'liq muammolar yuzaga kelyapti, lekin jamoa baribir yaxshi o'ynayapti.

- Jamoangiz "Al Hilol"ga qarshi ijobiy natija qayd etib keyingi bosqichga chiqishiga ishonasizmi?

- Albatta, ishonaman. Ishonch bo'lmaganida bu erga kelmasdik. Hozir ikkinchi o'rin uchun "Paxtakor" va biz kurashyapmiz. Imkoniyatlar esa bir xil. Biz avvalo o'z o'yinimizni o'ylashimiz kerak. "Paxtakor" - "SHahr Xodro" o'rtasida kechadigan bellashuv esa alohida masala.

- Aziz G'aniev avvalgi ikkita bahsda boshlang'ich tarkibda harakat qilgandi, lekin bugun zaxiradan maydonga tushdi. Buni qanday izohlaysiz?

- O'yinga belgilangan taktikadan kelib chiqib shunday yo'l tutdik. Aziz G'aniev - yosh va kelajagi porloq futbolchi. Lekin jamoamizda boshqa o'yinchilar ham borligini unutmaylik. SHu bois G'aniev zaxiradan qo'shildi va jamoaga yordam berishga harakat qildi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика