So’nggi yangiliklar

12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  0 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   0 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  17 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  7 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  13 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  10 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  38 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3

JCH yo'lidagi raqiblarimiz: Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya Yangiliklar

JCH yo'lidagi raqiblarimiz: Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya

Teglar :  Qura
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

YANGILASH

“Mandarin Oriental” mehmonxonasida bo'lib o'tadigan qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi. Unda 12 terma jamoa JCH-2018 saralashi 3-bosqichi uchun o'z raqiblarini bilib olishadi. Jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradilar. Qura tashlash marosimida Osiyoning mashhur futbolchilari Sami Al Jaber va Park Ji Sun qatnashishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi qura jarayonida Saudiya Arabistoni bilan birga 3-savatdan joy oladi va bu jamoa bilan to'qnash kelmaydi.


MATNLI TRANSLYACIYA

- Qura tashlash marosimi soat 13:30da boshlanadi. Qura mexanizmi haqida to'liq malumot quyidagi videoda berilgan.

- Marosim boshlandi. 12ta davlat bayroqlari sahnaga olib chiqildi.

- Katta ekranda har bir terma jamoaning o'yinlaridan lavhalar berildi. Alifbo tartibi bo'yicha O'zbekiston eng oxirida namoyish etildi.

- Saud Al Muhannadi nutq so'zlamoqda. Endi Osiyo terma jamoalarining Jahon chempionatlari saralashlaridagi ishtiroklari haqida videorolik namoyish etilmoqda. Rolikda qitamiz jamoalarining JCH final bosqichlaridagi eng muvaffaqiyatli ishtiroklari ham o'rin olgan ekan. Umid qilamiz keyingi qura marosimida O'zbekiston terma jamoasining ham o'yinlari o'rin oladi).

- Yuqorida qura mexanizmi barchaga yana bir bor eslatib o'tilmoqda. Dastlab 6-savatcha keyin 5, 4, 3, 2 va 1-savatcha guruhlarga ajratiladi. Savatchalardan olingan birinchi jamoa "A" guruhiga, ikkinchi jamoa esa "B" guruhiga tushadi.

- Qura jarayonini OFK bosh kotibi Dato Uindzor Jon olib boradi. Har bir davlat yozilgan qog'ozlar maxsus sharlarga joylashtirilib chiqilmoqda.

- O'FF matbuot xizmati Kuala Lumpurda O'zbekiston nomidan qatnashayotganlarning rasmini taqdim etdi. Bosh murabbiy Samvel Babayan, terma jamoa menejeri Ramil Ilyasov va OFK musobaqalar qo'mitasi azosi Alim Arifov.


Diqqat jarayon boshlandi!

"A" guruhi: Eron, Janubiy Koreya, O'zbekiston, Xitoy, Qatar, Suriya

"B" guruhi: Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq, Tailand



Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика