So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  1 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  4 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

JCH–2018 saralashi. Suriya – O'zbekiston uchrashuvi BAAlik hakamlar guruhiga topshirildi Yangiliklar

JCH–2018 saralashi. Suriya – O'zbekiston uchrashuvi BAAlik hakamlar guruhiga topshirildi

Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) JCH–2018 turniri “A” guruhi 6-turidan o'rin olgan Suriya – O'zbekiston uchrashuvi rasmiylarini tayinladi.

Mazkur o'yinni BAAlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Abdulla Muhammad Hasan uchrashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy hamda Hasan al-Mahriy yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi Ahmad Hamis al-Naqbiyga topshirildi.

Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Edvard MakGregor ish olib boradi. Uchrashuv komissari – Xin CHyong (Gong Kong). Xitoylik Syaolong Deng OFK vakili sifatida o'yinga taklif etildi.

Suriya va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv 23 mart, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvda Suriya nominal mezbon bo'lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o'yinni neytral zona – Malayziyada o'tkazilishini taminladi.

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turibdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика