So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

JCH-2018 ishtirokchilari bilan tanishuv #1: Ispaniya Yangiliklar

JCH-2018 ishtirokchilari bilan tanishuv #1: Ispaniya

Futbol bo'yicha Rossiya yashil maydonlarida o'tadigan jahon chempionati - 2018 musobaqasiga boshlanishiga ham oz fursat qolmoqda.

Biz bugun sizlarga JCH-2010 g'olibi - futbol bo'yicha Ispaniya terma jamoasi haqida malumot berib o'tamiz.

1909 yilda Ispaniya qirollik futbol federaciyaga asos solingan. SHundan ikki yil o'tib, 1920 yilda Belgiyada o'tkazilgan Yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan Ispaniya terma jamoasi musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'lgan. Terma jamoa 1909 yilda Ispaniya qirollik futbol federaciyaga asos solingan bo'lsada, o'z uyidagi dastlabki uchrashuvni  1921 yilda aynan Belgiya terma jamoasiga qarshi o'tkazgan va 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

Futbol bo'yicha Ispaniya terma jamoasi 1934 yilda Italiyada o'tkazilgan jahon chempionatida chorak finalgacha etib bora olgan. 1950 yilgi jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladi. Aynan shu chempionatda Ispaniya terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga 1:6 hisobida yutqazganligini aytib o'tish joiz.

SHundan so'ng Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatlarida to 2010 yilga qadar ko'zga ko'rinarli natija qayd eta olgani yo'q.  Ayrim davrlarda Ispaniya terma jahon chempionati final bosqichlariga chiqa olmagan. Terma jamoa 1990 yilda nimchorak finalga etib borgan bo'lsa, 1994 yilda chorak finalda musobaqa bilan xayrlashgan.   


SHuningdek, 2002 yilgi jahon chempionatida qitadoshimiz – Janubiy Koreya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra, chorak finaldayoq musobaqa bilan xayrlashishga majbur etgandi. Nihoyat 2010 yilga kelib ispanlar futbol bo'yicha jahon chempionati kubogini boshlari uzra baland ko'tarishdi. Qiziqarlisi  JAR maydonlarida o'tkazilgan ushbu chempionatda Ispaniya terma jamoasi SHveycariya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchraganda, ko'pchilik ularni g'oliblikni qo'lgga kiritishiga ishonmay qo'ygandi. Lekin kuchli matonat va iroda evaziga Ispaniya terma jamoasi musobaqa yarim finalida Germaniya, finalda esa Gollandiya terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratishdi. Hozirgi kunda Barselona klubidan ketayotganligini elon qilgan, ispan futboli afsonasi Andreas Inesta hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda, aniqrog'i 116-daqiqada gol urib, Ispaniyaga jahon chempionati g'olibligini olib bergan.              

Ispaniya terma jamoasi uch karra Evropa chempionati g'olibi hisoblanadi. Terma jamoa 1964, 2008, 2012 yillarda ushbu musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgan.

JCH-2018 saralashida Ispaniya terma jamoasi “G” guruhida  Italiya, Albaniya, Isroil, Makedoniya, Lixtenshteyn terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Saralash bahslarida terma jamoa 28 ochko jamg'argan xolda birinchi o'rinni egallab, JCH-2018 da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.


JCH-2018 saralash. Evropa. “G” guruhi    

#

Jamoa nomi

O'yin

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

Ochko

1

Ispaniya

10

9

1

0

28

2

Italiya

10

7

2

1

23

3

Albaniya

10

4

1

5

13

4

Isroil

10

4

0

6

12

5

Makedoniya

10

3

2

5

11

6

Lixtenshteyn

10

0

0

10

0


Rossiya yashil maydonlarida o'tkaziladigan JCH-2018da Ispaniya terma jamoasi V-guruhida Portugaliya, Marokko, Eron terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.
 


JCH-2018 saralash bahslarida quyidagi futbolchilar Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qildilar:
Darvozabonlar: Kepa Arisabalaga (“Atletik”, Ispaniya), David de Xea (“Manchester Yunayted”, Angliya), Pepe Reyna (“Napoli”, Italiya).
Himoyachilar: Xordi Alba, Xerar Pike (ikkisi “Barselona”, Ispaniya), Sezar Aspilikueta (“CHelsi”, Angliya), Serxio Ramos,  Dani Karvaxal, Nacho Ernandes (barchasi “Real Madrid”, Ispaniya), Nacho Monreal (“Arsenal”, Angliya).
Yarim himoyachilar: Aser Ilyaramaendi (“Real Sosedad”, Ispaniya), Andreas Inesta, Serxio Buskets (ikkisi “Barselona”, Ispaniya), Koke (“Atletiko”, Ispaniya), Tiago Alkantara (“Bavariya”, Germaniya), Vitolo (“Sevilya”, Ispaniya), David Silva (“Manchester Siti”, Angliya), Pedro Rodriges (“CHelsi”, Angliya), Isko, Marko Asensio (ikkisi “Real Madrid”, Ispaniya).
Hujumchilar:  Alvaro Morata (“CHelsi”, Angliya), Diego Kosta (“Atletiko”, Ispaniya), Yago Aspas (“Selta”, Ispaniya)    


Bosh murabbiy - Xulen Lopetegi
Tug'ilgan sana
: 28 avgust 1966
Tug'ilgan joy: Asteasu, Ispaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: Darvozabon
O'ynagan klublari: "Kastilya", "Real Madrid", "Las Palmas", "Logrones", "Barselona", "Rayo Valekano"
Boshqargan jamoalari: Ispaniya U17, "Rayo Valekano", "Real Madrid B", Ispaniya U19, Ispaniya U20, Ispaniya U21, "Portu", Ispaniya MTJ.


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика