So’nggi yangiliklar

10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  1 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  6 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  1 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  15 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  170 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  3 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3

Javohir Ilyosov: "Hali mavsum oldinda va o'zimizni ko'rsata olamiz" Yangiliklar

Javohir Ilyosov: "Hali mavsum oldinda va o'zimizni ko'rsata olamiz"

"Mashal" - "Metallurg" 1:3 uchrashuvidan so'ng "gazchilar" darvozaboni Javohir Ilyosov bilan suhbat uyushtirdik va savollarimizga javob oldik.

- "Mashal" jamoasi mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmadi. Safarda va o'z maydonida mag'lub bo'ldi. Bu borada nima deya olasiz?
- Hali mavsum oldinda. Bizda ahil jamoa bor va mavsum davomida buni isbotlaymiz. O'zimizni ko'rsatishimizga ishonaman. Keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz.

- Bu yil "Mashal" mavsumni Sanjar Quvvatovsiz boshladi. Sanjar jamoani tark etgan va endi siz asosiy tarkib uchun Botir Nosirov bilan raqobatdasiz. Bu borada fikrlaringiz qanday?
- Men nafaqat Xomyakovdan ko'p narsani o'rganmoqdaman balki Sanjar Quvvatovdan ham katta tajribani oldim. Hozir ham qaysi masala bo'lmasin murojat qilsam qo'lidan kelganicha yordam beradi. Murabbiyim Pavel Sinelnikov menga katta futbolda ko'p narsa bermoqda. Botir aka tajribali darvozabon va birga mashg'ulot o'tkazishimiz ham menga samarali bo'lishiga ishonaman. Agar murabbiylar menga ishonch bildirsa albatta buni oqlamoqchiman.



- Javohir ushbu yilda "Mashal" jamoasi nomida Olimpiya terma jamoasida ham ishtirok etib qaytdingiz. Garchi maydonga tushish imkoni bo'lmagan bo'lsa ham bu siz uchun qay darajada muhim bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Samvel Babayan jamoasida juda katta tajriba to'pladim. Maydonga tushish yoki tushmaslik juda ham muhim bo'ldi deb ayta olmayman. Meni 23 talik tarkibga munosib ko'rgani uchun avvalo murabbiylar shtabiga, so'ngra "Mashal" jamoasiga ham minnatdorchilik bildiraman. Ular o'sishimga katta turrki bo'ldi deyishim mumkin. Babayan turnirdan so'ng agar "Mashal"da o'yinlarda maydonga tushsam milliy terma jamoaga ham chaqirishini aytdi va bu meni uchun juda katta rag'bat bo'ldi.


"Mashal" matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика