So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

Javlon Guseynov: "Murabbiylar almashinuvi sababli vazifadan uzoqlashib ketdik" Yangiliklar

Javlon Guseynov: "Murabbiylar almashinuvi sababli vazifadan uzoqlashib ketdik"

Indoneziya chempionati bahslari yakunlandi. Xabaringiz bor, u erda hamyurtimiz Javlon Guseynov "Borneo" safida to'p tepmoqda.

Yakunlangan mavsumda uning jamoasi chempionatni 6-o'rinda tugatdi. SHundan keyin biz Guseynov bilan mavsum yakunlari va rejalari bo'yicha suhbatlashdik.  

"Yakunlangan mavsum qiyin o'tdi, chunki chempionat markazlashgan holda o'tkazildi. Bilasiz, o'tgan yildan buyon mamlakatda koronavirus bilan bog'liq holat tufayli musobaqa shu tariqa davom etyapti. O'yinlar dastlab bo'linib-bo'linib o'tkazildi. Oxirgi uch oy davomida bahslar Bali orolida kechib, yakunda shu joyning asosiy jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Umuman olganda, chempionat qiyin va murosasiz o'tdi", – deydi Guseynov. 

Vazifa bajarilmagani borasida

"Borneo" o'z oldiga chempionlikni maqsad qilib qo'ygandi. Asosiy vazifani bajarish uchun kurashdik. Lekin murabbiylar almashinuvi bo'ldi. Muhitda biroz o'zgarish yuz berib, keragidan ortiq ochkolarni boy berdik. Natijada, boshqa jamoalarni o'tkazib yuborib, maqsadga erisha olmadik. 

Murabbiylar almashinuvi xususida

Mavsum davomida ikki marotaba murabbiylar almashinuvi ro'y berdi. Oxirgi 10 ta o'yinda mahalliy mutaxassis qo'l ostida chempionatni yakunladik. Murabbiylarning almashinuviga ko'proq rahbariyat bilan kelisha olishmagani sabab bo'ldi. Ikkisi ham xorijlik mutaxassis edi. Natijalarimiz ham yomon emasdi. Istefodan keyingi oraliqda muhitda o'zgarish yuz berib, natijalar salbiy ko'rinish oldi. 

Faoliyati haqida

To'g'risi, yakunlangan mavsumdagi faoliyatimdan qoniqish hosil qilmadim. Xudoga shukrki, jarohatlarsiz tugatdim. Yangi mavsumda o'z ustimda ko'proq ishlab, yanada ko'proq yordam bermoqchiman. 

Kelgusidagi rejalari to'g'risida

Rejalarimga kelsak, "Borneo" bilan 2023 yilning fevraliga qadar mo'ljalangan shartnomam bor. Bu vaqt davomida bor kuchim bilan jamoamga yordam bermoqchiman. Yangi mavsumda muxlislarni stadionga kiritisharkan. Bu esa bizga qo'shimcha kuch beradi. Odatda Indoneziya chempionatida har bir bahsga o'rtacha 10-15 ming muxlis stadionga tashrif buyurardi. Ochig'i, mana shunday atmosferani sog'inib qoldik.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Guseynov faoliyati davomida "Neftchi", "Andijon", "CHainat Xornbill" (Tailand), "So'g'diyona", AGMK klublari sharafini himoya qilgan.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика