So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  43

Jamshid Saidov: "O'yin taqdiri birinchi bo'limda hal bo'lgandi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "O'yin taqdiri birinchi bo'limda hal bo'lgandi"

"Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib o'tdi.




- Nima deyish mumkin. O'yinni juda yomon boshladik. Himoya sochilib ketdi va 3ta golni tez o'tkazib yubordik. 25-daqiqada 3:0 hisobida mag'lub bo'layotgandik. Bunday pallada juda qiyin bo'ladi. Ikkinchi bo'limdagi o'yin uchun yigitlarga rahmat deyman, kurashishdi, o'ynashdi, gol urishdi. Biroq barchasi biz kutgandek bo'lmadi. 

- O'yin taqdiri birinchi bo'limda hal bo'ldi deb hisoblaysizmi?
- Ha, albatta. Birinchi bo'limning o'zidayoq 3ta gol o'tkazib yuborgandan keyin qaytish juda qiyin bo'ladi. Birinchi bo'limda barchasi hal bo'lgandi. Ikkinchi bo'limda "Loko" 10 kishi bo'lib qolgan bo'lsa-da, yaxshi himoyalandi. Vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik.

- Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Hali o'yinlar bor, oxirigacha kurashamiz. Har bir o'yin biz uchun final kabi bo'ladi, maydonga chiqamiz va kurashishda davom etamiz. Lekin bugun yigitlar uchun juda qattiq afsusdaman. Ishlashda, xatolarni tuzatishda davom etamiz. Turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilish kerak.

- "Buxoro"da oldin yaxshi sharoit bo'lardi. Hozir nima sababdan bunchalik yomon bo'lib ketdi?
- Bu savolga javob berish og'ir. Kelganimda jamoa hisobida 2 ochko bor edi va so'nggi pog'onada ketayotgandi. Transferlar oynasidan ham unumli foydalana olmadik, PFL oldida bizning qarzlarimiz bor. SHu boisdan ular yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishmadi. Hech qisi yo'q, tarkib yomon emas, yosh va g'ayratchan futbolchilar astoydil yugurmoqda. Menimcha barchasi oldinda. Hali raqobatchilar bilan o'yinlar bor. "Lokomotiv" biz uchun raqobatchi jamoa emas. Turnir jadvalida bizga yaqin bo'lib turgan "Andijon", "Surxon" kabi "jon saqlab qolish" uchun kurashayotgan jamoalarni kuzatib boryapmiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика