So’nggi yangiliklar

10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  0 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  4 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15

Jamshid Saidov: "'Olimpik'ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "'Olimpik'ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik"

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- SHogirdlarim uchrashuvning muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab turishgandi. "Olimpik"ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlar masuliyatni his qilib turishgandi hamda ko'rsatmalar va o'zlariga biriktirilgan vazifalarni bajardi, shu bois, ulardan juda minnatdorman.

- Hisob 3:0 ko'rinishiga kelishini kutmaganmidingiz?

- Nima desam ekan, kutmagandim deya olmayman-u, faqat g'alaba qozonishga umid qilgandim. CHunki yigitlar ruhan g'alabaga tayyor edi. 

- Akaki SHulaya diskvalifikaciyasining bekor qilinishi qanday sodir bo'ldi?

- Akaki bizning hujumkor asosiy tarkib o'yinchilaridan biri sanaladi. "Olimpik"ga qarshi o'yindan so'ng darhol apellyaciya berdik, chunki men ham uchrashuvni kuzatdim. Sariq kartochka ko'rsatilishi bahsli holat edi. Xudoga shukr, apellyaciyada yutib chiqdik, bugun uning katta foydasi tegdi. 

- Kuxianidzening jarohati jiddiy emasmi?

- Ochig'ini aytsam, u bilan gaplashmadim. Georgiy jiddiy shikastlangan va davolanmoqda. Uning keyingi faoliyati qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Biz hali hech narsaga erishmadik, kurash davom etadi. Oldinda bizni ikkita o'yin bizni kutib turibdi, maksimal darajada kurashamiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика