Jamshid Rustamov: "CHempion bo'lishni maqsad qilgan edik, lekin bronza uchun ham xursandmiz"
04 noy 2024 01:25
Yangiliklar
Jamshid Rustamov: "CHempion bo'lishni maqsad qilgan edik, lekin bronza uchun ham xursandmiz"
"Olimpik" U-19 jamoasi futbolchisi Jamshid Rustamov bronza medali uchun "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.
"Bronza medalini qo'lga kiritganimizdan xursandman. O'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ldi. Bor kuchimiz bilan harakat qildik. CHempionlikni istagandik, lekin bronza uchun ham xursandmiz. Raqiblar safida bizdan katta futbolchilar ham bor edi. Fikrimcha, natijamiz yomon emas.
U-19 chempionatida kuchli o'yinlar ko'p bo'ldi. Bu bizga yaxshi deb o'ylayman. Yangi narsalar o'rgandik. Oldindagi o'zimiz qatnashadigan barcha musobaqalarda yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar