So’nggi yangiliklar

22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  67 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  9 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  49 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

"Jamoada qora tanlilar va musulmonlar bu qadar ko'p bo'lmasligi kerak" – Kristof Galte "Nicca"daligi vaqtida shunday degan Yangiliklar

"Jamoada qora tanlilar va musulmonlar bu qadar ko'p bo'lmasligi kerak" – Kristof Galte "Nicca"daligi vaqtida shunday degan

Murabbiyning bu so'zlari aynan hozirga kelib kun tartibiga chiqdi.

PSJ klubi bosh murabbiyi Kristof Galte "Nicca"da ishlab yurgan vaqtida jamoa sport direktoriga irqiy kamsituvchi gaplarni gapirgan. Murabbiy jamoada qora tanlilar va musulmonlar keragidan ko'payib ketganini gapirgan.

Gap shundaki, o'tgan yili "Nicca" sport direktori Jyulen Furne Kristof Galte jamoadan nega ketganligini jiddiy sabab deya izohlagandi, ammo aniq sabablarni keltirmagandi. 

RMC Sport nashri jurnalisti esa "Nicca" sport direktori Jyulen Furnening jamoa egalariga jo'natgan elektron xatini ko'zdan kechirib chiqishga muvaffaq bo'lgan va ushbu xatning qisqa mazmunini ommaga oshkor qildi. "Nicca" sport direktori xatda shunday yozadi:

"Kristof Galte mening ofisimga keldi va o'g'li (Galtening o'g'li otasining agenti hisoblanadi) bilan salomlashdi. O'g'li ketgandan so'ng, men undan barcha gaplar rostmi deya so'radim.

Galte, ha, deya javob berdi. U menga shahar haqiqatini etiborga olishim kerakligini va jamoada bu qadar ko'p musulmonlar va qora tanlilar bo'lmasligi kerakligini aytdi. 

Galte menga shunday dedi: "Kecha restoranga kirdim va hamma menga tashlandi. Ular jamoada juda ko'p qora tanlilar borligidan norozi edilar". U yana qo'shimcha qildi: "Jyulen, sen biz qaysi shaharda ekanimizni hisobga olishing kerak. Jamoamiz shahar talablariga javob bermaydi. SHu jumladan, mening talablarimga ham". 

Galte va mening o'rtamizda sport mavzusida umuman bahs bo'lmadi. Barcha gap din va irq haqida bo'ldi", -deb yozadi "Nicca" sport direktori Jyulen Furne jamoa egalariga yozgan xatida. 

Kristof Galtening bu irqiy kamsitish oxangidagi gaplari hozirda kun tartibida turibdi. PSJ ham ushbu vaziyatni o'rganishga kirishgan va agarda bu gaplar rost bo'lib chiqsa, jamoa bosh murabbiyni istefoga chiqarishi mumkin.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика