So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Jambuli Jigauri: "Ajoyib atmosfera bo'ldi, lekin..." Yangiliklar

Jambuli Jigauri: "Ajoyib atmosfera bo'ldi, lekin..."

Andijondagi “Bobur Arena”da bo'lib o'tgan “Andijon” – “Nasaf” o'yinidan so'ng (0:0), qarshiliklarning gruziyalik legioneri Jambuli Jigaurini fikrlari bilan qiziqdik.

O'yin xaqida 

Qizqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi, raqibimizga qaraganda bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Albatta ulardan foydalanishimiz kerak edi. Men o'ylaymanki, bugun biz g'alabaga loyiq edik va buni juda xoxladik. Ko'rinib turibdiki, “Andijon” ham ochko olishga astoydil xarakat qildi.

To'g'risini aytsam, menga ko'rsatilgan qizil kartochaga tushunmadim. Hakam o'sha vaziyat uchun bunday tarzda jazolamasligi kerak edi. Men ortiqcha xech qanday xarakat qilmagandim. 


Ajoyib atmosfera bo'ldi, lekin...

Andijonda birinchi bor bo'lishim, stadiondagi muhit, muxlislar juda ajoyib tarzda o'z jamoasini qo'llab-quvvatlab turdi. Bunday stadion va muxlislar qarshisida to'p tepishning o'ziga yarasha gashti bor. Lekin, maydonning xolati yaxshi emas ekan. Barchasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonaman.  


O'zbekiston chempionati xaqida tasavvurim bor edi

Bilasizmi, yurtingizga kelishimdan oldin, milliy chempiontingiz xaqida tasavvurga ega edim. Boisi bu erda meni ko'plab do'stlarim to'p tepishgan. Ular bilan maslaxatlashdim, bir qator o'yinlarni ko'rib chiqdik va yakunda chempionatingizda to'p surishga qaror qildim. O'ylaymanki, barchasi yaxshi bo'ladi va biz “Nasaf” bilan xalqaro maydonlarda yaxshi natijalarga erishamiz.


Xayrullo VASIEV suxbatlashdi


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика