So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  2 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  3 10:20Неймар яна жароҳат олди  4 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  10 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Jahongir Abdurashidov: "Agarda "Zomin"da qolsam o'zgarishlar bo'ladi" Yangiliklar

Jahongir Abdurashidov: "Agarda "Zomin"da qolsam o'zgarishlar bo'ladi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Turon" - "Zomin"(3:2) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Jahongir Abdurashidov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun ikki jamoaning ham kuchlari teng edi. Birinchi bo'limda shoshdik. Agar shoshmasdan harakat qilganimizda natija ham boshqacha bo'lishi mumkin edi. SHuningdek omad ham bizdan yuz o'girdi. Hujumichimiz to'pni to'g'ri qabul qilib olib bo'sh darvozaga gol urganida "Turon"ga oson bo'lmas edi",- deydi Jahongir Abdurashidov.

Maradona Safarovning zaxirada qoldirilishiga sabab nima?


Uning zaxirada qolishiga sabab, men kelganimdan beri u doimiy ravishda asosiy tarkibda o'ynab kelmoqda. Hali birorta gol urgani yo'q. SHu bois uni almashtirib ko'rdik.

- Jamoangiz mazmunli o'yin ko'rsatdi. "Zomin" jamoasining o'yini peshqadam jamoalardan qolishayotgani yo'q. Mag'lubiyatni qanday izohlab bera olasiz?


- O'zimni fikrim, bizga omad etishmayapti. "Istiqlol" bilan o'yinda ham vaziyatlar yaratdik, lekin urolmadik. Natijada so'nggi daqiqada ular bizga gol urib ketishdi. "Dinamo" bilan uchrashuvda ikkinchi bo'lim boshida gol o'tkazib yubordik. Raqib himoyaga yotganidan keyin hisobni qisqartira oldik. Qolgani o'xshamadi. Vaziyatlar bo'lyapti, to'p darvozaga kirmayapti.

- Jamoangiz yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Lekin, nimaning hisobiga oxirgi o'rinlarda ketmoqda...


- Men kelishimdan oldin ko'p narsalar bo'lgan. Aksariyat futbolchilar ketib qolgan. Hozir ham tarkibimizdagi 17 nafar futbolchidan ko'pi yoshlar. Zaxirada ham yoshlar ko'p. Lekin, o'yinni kuchaytira oladigan darajada emas. Jamoadan ketgan futbolchilarning o'rniga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ulgura olmadik. SHuning hisobiga deb o'ylayman.

- Keyingi turni "Neftchi"ga qarshi o'tkazasizlar. Ikki jamoaga ham ochko zarur. Bo'lajak o'yinlar haqida fikr bildirsangiz...


Kelayotgan o'yinlarga biz yuz foiz tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Bu erga ham uch ochko uchun kelgandik. Omad ham muhim rol o'ynadi. "Neftchi"ni yutmasak "Xorazm" bizdan o'tib ketadi. Agarda jamoada qoladigan bo'lsam o'zgarishlar bo'ladi albatta.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика