Jahon chempioni Turkiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
19 sen 2023 13:59
Yangiliklar
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHtefan Kunc ishidan ayrilishi mumkin, deya xabar bermoqda "Tuttomercatoweb".
Turkiyaliklar besh turdan keyin 10 ochko bilan ikkinchi o'rinda. Bu Evro-2024 yo'llanmasini kafolatlagan bo'lsa-da, mahalliy federaciya natijalardan norozi.
Vinchenco Montella va Yoaxim Lyov variantlari ko'rib chiqilmoqda. Italiyalik murabbiy Turkiyada ishlagan, ammo terma jamoalarni boshqarmagan. Yoaxim Lyovda bu borada ustunlikka ega. U 16 yil davomida Germaniya terma jamoasiga ustozlik qilib, ularni 2014 yilda jahon chempioniga aylantirgan va besh marta yirik turnirlarning yarim finaliga olib chiqqan. Lyov uzoq o'tmishda oz bo'lsa-da, Turkiyada ishlagan.
Eslatib o'tamiz, Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini tark etgan 2021 yilning yozidan beri hech qaerda faoliyat yuritmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar