Jahon chempionatida ishtirokchilar soni yanada oshirilishi mumkin!
06 mar 21:15
Yangiliklar
Jahon chempionatida ishtirokchilar soni yanada oshirilishi mumkin!
2030 yilda o'tadigan jahon chempionatida 64 terma jamoa ishtirok etishi mumkin.
"The Athletic" malumotiga ko'ra, FIFAdagilar jahon chempionati turnirining 100 yilligiga atab, 2030 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48tadan 64tagacha oshirishni muhokama qilmoqda.
Bu taklifni 1930 yilda ilk marta jahon chempionati o'tkazilgan Urugvay mamlakatidan tashrif buyurgan delegat o'rtaga tashlagan. FIFA prezidenti Janni Infantino buni "qiziq va taxlil qilib ko'rishga arziydigan taklif" deb baholagan. Biroq bu taklif rad qilinishi ham mumkin.
Eslatib o'tamiz, oldinroq JCH ishtirokchilari soni 32tadan 48taga etkazilgandi. Bunday formatdagi ilk mundial 2026 yili AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar