So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  4 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  4 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  7 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Jafar Irismetov: "Paxtakor" baribir chempion bo'ladi" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Paxtakor" baribir chempion bo'ladi"

“Championat.asia” muxbiri Nikolay Egorichev “Paxtakor”ning sobiq sport direktori Jafar Irismetov bilan suhbatlashdi.

- Assalomu alaykum, Jafar aka. Ayting-chi, hozir qaerdasiz va nima bilan shug'ullanmoqdasiz?
- Hozir uydaman, bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanmoqdaman. Kenja o'g'limni shug'ullantirmoqdaman va mashg'ulotlarga olib boryapman. Umuman olganda, asosiy vaqtimni oilam bilan o'tkazmoqdaman.

- “Paxtakor”dan ketganidan keyin qandaydir taklif bo'ldimi?

- Bir-ikkita takliflar bo'ldi, lekin bu meni qiziqtirmadi.

- Agar sir bo'lmasa, qaysi jamoalardan taklif bo'ldi?

- Jamoa nomlarini aytmayman, anig'i shuki Pro liga klublari taklif bilan chiqdi.

- Hozirda "Paxtakor"ning Superligadagi ishtirokini kuzatyapsizmi?

- Albatta. Qanday busiz bo'lishi mumkin.




- Maksim SHackixning murabbiylik faoliyati haqida nima deya olasiz?

- Hali biror fikr bildirish qiyin. Anig'i shuki, katta o'zgarishlar ko'rganim yo'q. Garchi kuni kecha "Paxtakor" o'yin bo'yicha "Navbahor"dan ustunroq ko'ringan bo'lsa-da. Lekin Namangandagi durang ham yomon natija emas. G'alaba qozonish ham mumkin edi, lekin bu sodir bo'lmadi. SHackixga o'zbek futbolini tushunishi uchun vaqt kerak. Men “Paxtakor”da ish boshlaganimdan, bir yarim yil o'tib, natijalar yaxshilandi! Biz kuzatdik, odatlandik, yaxshi futbolchilarni oldik... Ammo tan olishimiz kerak. Biz kelgan vaqtdagi jamoa bilan SHackix qabul qilib olgan “Paxtakor” o'rtasida farq bor. Bizdan keyin “Paxtakor”da bir nechta terma jamoaning futbolchilari qoldi, SHackix faqat legionerlarni o'zgartirdi. Uning ishini taxminan bir yildan so'ng baholash mumkin.

- CHempionlik uchun kurashda qaysi jamoalar favorit?

- “Paxtakor” baribir chempion bo'ladi. Tarkib, o'yin bo'yicha ham. Mening nazarimda “Paxtakor” hozirda O'zbekistonning eng kuchli klubi. Buni ko'pchilik tan oladi. O'ylaymanki, Maksim bu vazifani uddalaydi. Lekin hozir biroz ehtiyot bo'lish kerak, buni men aytmasam ham Maksim juda yaxshi biladi.

- Hakamlik haqida qanday fikrdasiz?

- Hakamlik SHackixga ham ko'p marotaba gapirilgan. Voyneski ham har xamonda hakamlik borasida gapirib turardi, lekin hech kim bunga etibor qilmasdi. Arveladze vaqtida ham xuddi shunday edi. Ha, ayrim insonlar o'ylaydiki, hakamlar “Paxtakor”ga yordam beradi deb. Lekin biz hakamga etibor bermasdan, maydonga tushardik va o'yinimizni o'tkazardik. Fikrimcha, hakamlar ikki tarafga bir xil xato qilyapti. Meni havotirga solayotgan jihat shuki, qizil kartochkalar ko'payib ketmoqda. Kuni kecha Angliya Premer-ligasi o'yinini ko'rdim. U erda hakamlar futbol o'ynashga qo'yib bermoqda. Bizda bir pastda VARni kuzatishadi, monitor oldida 10-12 daqiqani o'tkazib yuborishmoqda. Boshqa chempionatlarda buni tezroq hal qilishadi.

- "Paxtakor"ning yangi kelgan futbolchilari Banashak, Martinovich, Nasonov haqida qanday fikrdasiz?

- Bu haqda avvalo Maksim SHackix nimani o'ylayotgani muhim. Men o'ylaymanki, ular jamoani tark etganlardan kuchli emas. Lekin men ham Maksimni to'g'ri tushunaman. Bizning chempionatga yaxshi legionerlari olib kelish qiyin. Hamma xorijdik Superligaga kelib o'ynashga rozi bo'lavermaydi. Masalan Banashak ko'rinyaptiki, u harakat qilyapti. Agar, u mavsum oxirigacha o'nta gol ursa, demak u yomon hujumchi emasligidan dalolat.

SHarkichning jamoadan ketgani g'alati. CHunki u yaxshi futbolchi edi. Faqat jarohatlar uni qiynab qo'ydi. U bajaradigan ishni Superligadagi 99 foiz futbolchi bajara olmasdi. Haqiqatan ham ijodkor futbolchi edi.




- Noto'g'ri qo'yib yuborishdimi?

- Ha, shunday. Xudo ko'rsatmasin, agar CHeran bilan nimadir muammo bo'lsa, SHackixda uning o'rnini bosadigan futbolchi bormi? Fayzullaev yaxshi o'ynayapti, chapda ham, markazda ham. U ayni vaqtda potenciyali yuqori futbolchilardan biri. Lekin Abbos to'p uchun kurashda biroz og'ir. Sobirxo'jaev ham “ikkinchi qavat”da og'ir. CHeran darajasida emas. Qolaversa, u boshqacha futbol o'ynaydi, ko'proq intellektual. Buni ilgari “Spartak” futbolchisi deyishardi. Agar sen chempionlik uchun kurashayotgan bo'lsang, SHarkichdek futbolchini qo'ldan chiqarish kerak emas.

Tarkib keng emas. Xuddi “Nasaf”ga o'xshab. “Nasaf”ning tarkibi doimo yosh bo'ladi, shu sababli barqarorlik etishmaydi. CHempionatda sovrindorlar qatoriga kirish uchun, tarkibda tajribali, yuqori klassdagi futbolchilar bo'lishi kerak. Ular Namanganda “Navbahor”ga qarshi kechgan o'yinlarda muhim hisoblanadi. Bu albatta mening fikrim. Maksimga ko'proq narsa malum.

- O'zbekistonlik futbolchilarning RPLdagi o'yinini kuzatayapsizmi?

- "Torpedo" va "Pari NN"ning o'yinlarini kuzatishga harakat qilyapman. Yo'ldoshev bizda o'ynaganda chap qanot himoyasi edi, hozirda u ko'proq hujumchi sifatida o'ynamoqja. Biroq u yomon ko'rinmayapti. Erkinovga kelsak, mening nigohimda “Ximki”ga qarshi o'yinda bor kuchi bilan o'ynadi. Garchi jamoasi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, u yaxshi jihatlarini ko'rsata oldi. Birinchi uchrashuvda jamoadagi yoshi katta futbolchilar unga “dakki” berishdi. Unga bu ruhan tasir qildi. SHundan beri u o'yinni o'ziga olishga qo'rqmoqda.

Ko'rinib turibdiki, unga moslashishi uchun vaqt kerak.  Ammo unga “Torpedo”da qiyin bo'ladi. Jamoa elitada qolish uchun kurashmoqda, bu oson emas. Unga o'yin amaliyoti kerak, kelajak haqida keyin o'ylashi mumkin. Balki u o'zini “Ximki” yoki “Pari NN”da yaxshi his qilishi mumkin. Agar u kuchli jamoaga o'tsa, yangi jamoasida raqobat yuqori bo'ladi. O'sishi mumkin, buning uchun Erkinovning asosiy tarkibdagi joyi aniq bo'lishi kerak.



Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика