So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  16

Ivan Boshkovich: "Paxtakor" adolatli g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Paxtakor" adolatli g'alabaga erishdi"

Coca Cola Superliga 6-turi doirasida "Paxtakor" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'z fikrlarini bildirdi.


- "Paxtakor" adolatli g'alabaga erishdi, raqiblar deyarli to'liq o'yin bir kishi kam bo'lib sifatli o'ynadi. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi, o'yinni qayta qurishni istadik. Birinchi bo'limda harakat qildik. Balki, tanaffusdan keyin tizimni o'zgartirishda kechikkandirmiz. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham raqibdan bir kishi ko'p bo'lib yaxshi o'yin ko'rsatish shart edi. Ushbu mag'lubiyatdagi bor aybni o'z bo'ynimga olaman. Futbolchilar nimadir yaratishga harakat qilishdi. Vaqtida gol ura olmadik. Himoyadagi o'yinimiz menga maqul kelmadi. Bu borada ishlash va kamroq gol o'tkazib yuborishni o'ylash kerak. SHuningdek, o'yinlarga bor kuchni tashlashni o'rganish lozim.

- Jamoa Sizning qo'l ostingidagi endi ikkinchi o'yinini o'tkazdi. Biroq 87 daqiqa mobaynida raqibidan bir kishi ko'p bo'lib ham tuzukroq vaziyatlar yarata olmadi. Muammo nimada?

- Birinchi bo'limda gol urishimiz uchun etarlicha vaziyatlar bo'ldi. O'zingiz ham yana bir bor birinchi bo'limni tomosha qilib ko'ring. Buni boshqacharoq gapirish kerak. Ikkinchi bo'limda bizda vaziyat bo'lmadi. O'z navbatida raqiblarda ham yaqqol vaziyatlar bo'lgani yo'q. Yigitlardan qarshi hujumga o'tishdagi bog'lovchi fazalarda ishonchli o'ynashni talab qilgandim. Balki shu sababdan hujumga o'tishga qiynalgandirmiz. Agarda birinchi bo'limda gol urib olganimizda, o'yinning ikkinchi taymi umuman boshqacha o'tgan bo'lardi. O'sha vaziyatni esa maxsus komissiya ko'rib chiqadi.

- Hakamlikdan mamnunmisiz?

- Ular doimo haq bo'lishi kerak, to'g'rimi? Keyinchalik qarorni komissiya chiqaradi. Biz ham komissiyani kutamiz. Balki hozir obektiv fikr berolmasligim mumkin. Yordamchilarim o'sha vaziyat penaltiga etarli emas deb aytishdi. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика