So’nggi yangiliklar

10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  0 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  2 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  0 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  6 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  240 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5

Ivan Boshkovich: "Nega VAR tizimi ishlamasligini o'yinga 10 soatgina qolganda malum qilishdi? Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, bu uchun biroz harakat ham qilaylik" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Nega VAR tizimi ishlamasligini o'yinga 10 soatgina qolganda malum qilishdi? Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, bu uchun biroz harakat ham qilaylik"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Uchta gol o'tkazib yuborish har doim yomon, albatta. Ortiqcha gapirmoqchi emasman. 100% aminmanki, biz o'z darajamizdan pastroq o'ynadik. Oldingi o'yinda ko'proq energiya sarflagan bo'lishimiz ham mumkin. Ushbu mag'lubiyatga o'rganib chiqamiz. Bunday hisobda yutqazish noqulay, ammo oldingi qadam bosish kerak. Biroz dam olamiz va keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

- "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, "Metallurg"ga qarshi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rgandingiz?

- Har bir raqibni chuqur o'rganib chiqamiz. Ularda qanday kamchilik borligini bilamiz. Bugun birinchi taymda o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi taymda ham xatolar bo'ldi. Uchta gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng o'yinga qaytish juda qiyin bo'ldi. Keyin gol ham kiritdik. Hisobni tenglashtirishga esa kech bo'lgandi.

- Darvozaboningizni o'yinidan qoniqdingizmi? O'tkazib yuborilgan gollarda uning aybi bormidi?

- Yutqazayotganda, butun jamoa mag'lub bo'ladi. Birinchi o'rinda murabbiy mag'lub bo'ladi. Bunga men javob beraman. U vaziyatlarni yaxshi ko'ra olmadim. O'yindan keyin chuqur tahlil o'tkazamiz. Xatolarni to'g'irlaymiz.

- Jamoa bilan shartnomangizni 2026 yilga qadar uzaytirdingiz. Kelajakda qanday jamoa qurishni maqsad qilgansiz?

- CHempionni. CHempionlikka kurashish maqsadim. Jamoam bilan shu maqsadni oldimizga qo'yganmiz.

  Menda yana bir savol bor. Nega VAR tizimi ishlamasligini o'yinga 10 soatgina qolganda malum qilishdi? Nega vaqtliroq emas? Bunga sabab texnik muammo deb o'qidim. U qanaqa texnik muammo bo'lishi mumkinki, o'yinga 10 soat qolganda malum bo'lsa? Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, uning rivoji uchun biroz harakat ham qilaylik. YO VAR bilan o'ynaylik, yoki VARsiz. To'g'risi, tushunmayapman. Hakamlikni muhokama qilishga esa kech bo'ladi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика