Italiyalik futbol agenti SHomurodovning qaysi ligada o'zini ko'rsata olishini aytdi
05 avg 2022 20:26
Yangiliklar
Italiyalik futbol agenti SHomurodovning qaysi ligada o'zini ko'rsata olishini aytdi
Italiyalik futbol agenti Franko Kamocci "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodovning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Men SHomurodovning o'yinini anchadan beri kuzatib boraman. U yorqin darajadagi o'yinchi. Afsuski, Eldor Italiyada o'ynab, bazi muammolarga duch keldi", — dedi Kamocci.
Agentning fikricha, futbolchi jamrasini o'zgartirishi kerak. Greciya chempionati unga o'yin uslubi bo'yicha ko'proq mos keladi, u erda SHomurodov to'liq o'z mahoratini ko'rsata oladi.
Oldinroq 27 yoshli hujumchi "Roma"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino mavsumoldi yig'inidagi futbolchining o'yinidan qoniqmadi. Transfermarkt portali SHomurodovning narxini 8 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar