Ispaniyalik “Rembo” – Serxio Ramos!
30 mar 2019 13:51
Yangiliklar
Ispaniyalik “Rembo” – Serxio Ramos!
To'liq ismi: Serxio Ramos Garsiya
Tug'ilgan yili va joyi: 1986 yil 30 mart. Kamas, Sevilya, Ispaniya
Fuqaroligi: Ispaniya
Bo'yining uzunligi: 183 sm
Vazni: 75 kg
Ampluasi: Himoyachi
Klubi: “Real Madrid”
Raqami: 4
Faoliyati
Yoshlikdagi klubi: 1996-2002 “Sevilya”
Professional faoliyati: 2002-2004 “Sevilya V”, 2002-2005 “Sevilya”, 2005 yildan boshlab Madridning “Real” klubi futbolchisi.
Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati: 2002 U-17, 2004 U-19, 2004 U-21, 2005 yildan Ispaniya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi.
Serxio Ramos Garsiya 1986 yili 30 mart kuni Ispaniyaning Sevilya viloyati Kamas shahrida dunyoga kelgan.
“Sevilya”
Serxio 15 yoshida “Sevilyada ko'rikdan o'tish uchun jamoaga tashrif buyurgan va ko'rikda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata olgan. Tez orada Ramos ushbu jamoaning yoshlari safida maydonga tusha boshlagan. Ramos intervyularining birida u ilk marotaba futbol o'ynagan maydonning chimi bo'lmagani, darvozalar esa toshdan bo'lganini aytgan. Ramos Ispaniya chempionati ikkinchi divizionida “Sevilya”ning o'rinbosarlar tarkibida 2002/03 mavsumida bir marotaba maydonga tushgan. 2003/04 yilgi mavsumda esa Ramos o'rinbosarlarning asosiy futbolchisiga aylangan va 25 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini bir marotaba ishg'ol qilgan. 2004 yili “Sevilya” klubi bosh murabbiyi Xoakin Kaparros Serxio Ramosni asosiy tarkibga jalb qilgan. O'sha yilning 1 fevralida Ramos LaLigada “Deportiva La-Koruniya”ga qarshi ilk debyut uchrashuvini o'tkazgan. 2004/05 yilgi mavsumda Serxio La ligada “Sevilya” tarkibida 31 uchrashuv o'tkazib, raqiblar darvozasini 2 marotaba ishg'ol qilgan. SHuningdek, UEFA kubogida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushgan. Yil so'nggida esa Ramos mavsum kashfiyoti deb etirof etilgan.
“Real Madrid”
2005 yilning yozida Madridning “Real” jamoasi Ramosni 27 million evro evaziga o'z tarkibiga qo'shib olgan. “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublari Ramosni o'z tarkibida ko'rishni istashgandi. Ammo ular bunga erisha olishmagan.
JCH-2006 mundialidan so'ng, bir yil o'tib “Real” tarkibida Ispaniya chempioni bo'lgan futbolchi faoliyatidagi ilk yirik sovrinni qo'lga kiritgan. 2011 yilning 17 may kuni Serxio “Real” bilan shartnomasini 2017 yilgacha uzaytirgan. Ramosning yangi shartnomasi bo'yicha u yiliga 4,5 million evro ishlab topardi. 2012 yil 7 yanvar kuni Ramos Ispaniya chempionatidagi o'zining 250-uchrashuvini o'tkazgan. 2014 yil 29 aprel kuni esa Serxio ECHL yarim finalida Myunxenning “Bavariya” klubiga qarshi uchrashuvda raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg'ol qilib, jamoasining final bosqichiga chiqishiga o'z hissasini qo'shgan. Uchrashuv “Real” foydasiga 0:4 hisobida o'z nihoyasiga etgan. 2014 yil 24 may kuni ECHL final bahsida Serxio Ramos 90+3-daqiqada burchakdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, raqib darvozasini ishg'ol qilgan va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan. SHu tariqa, “Real Madrid” ECHLda 10-marotaba g'olib bo'lishi uchun aynan Ramos imkoniyat yaratib bergan. O'sha uchrashuv 4:1 hisobida “Real Madrid” jamoasi foydasiga yakunlangan. 2016 yilgi ECHL musobaqasida ham "Gallaktikos"ning omadi chopdi. 15 aprel kuni "Real Madrid" Milan shahridagi "San-Siro" stadionida hamshahari "Atletiko Madrid" jamoasiga qarshi finalda bahs olib borgan. Ushbu uchrashuvda Serxio Ramos o'yindagi hisobni ochgan. SHundan so'ng ikkinchi bo'limda Karrasko "Real Madrid" darvozasini ishg'ol qilgan va ushbu bahsda hisob penaltilar seriyasiga qadar o'zgarmay qolgandi. Penaltilar bahsida "Real Madrid" klubi "Atletiko Madrid" jamoasi 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ramos "Real" safida 2017 va 2018 yillarda ham Evropaning eng nufuzli turnirida g'olib bo'ldi.
Ramos “Real” bilan 2021 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. Yangi shartnoma bitimiga ko'ra, futbolchi yiliga 10 million evro maosh oladi. Jamoa posboni Iker Kasilyas klubni tark etganidan so'ng Ramos “Real”ning yangi sardoriga aylandi.
Terma jamoadagi faoliyati
2004 yili yoz oyida U-19 yoshlar terma jamoasida Evropa chempioni bo'lgan.
2005 yil 26 mart kuni Serxio Xitoyga qarshi bo'lib o'tgan bahsda Ispaniya terma jamoasi tarkibida debyut qilgan. U “qizil furiya” libosini ilk marotaba egniga kiyganida 18 yoshda edi. Bunday natijaga avval Ispaniya terma jamoasi darvozasini qo'riqlagan Xuan Akunya erishgandi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Ramos JCH-2006 saralash bosqichi doirasida Serbiya va CHernogoriya terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan. O'shandan beri Ramos Luis Aragones jamoasining asosiy tarkibidan joy olgan. 2005 yili 13 oktyabr kuni Remos San-Marino terma jamoasiga qarshi uchrashuvda terma jamoadagi faoliyatida ilk bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. O'shanda Serxio dublga erishgandi. Ramosning terma jamoaga tashrif buyurishi Michel Salgadoning terma jamoa bilan xayrlashishiga to'g'ri kelgan va Serxio Ramos jamoada o'ng qanot himoyachisi bo'lib qolgan.
Serxio Ramos 2008 yili Avstriya va SHveycariyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida 12 uchrashuvdan 11 tasida maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg'ol qilgan. Ramos 2008, 2012 va 2016 yilgi Evropa chempionatlarida va 2010, 2014, 2018 yilgi jahon chempionatlarida Ispaniya terma jamoasining asosiy futbolchisi bo'lgan.
SHaxsiy hayoti
Serxio Ramos Telecinco boshlovchisi Laro Alvares bilan 7 iyul kuni ajrashgan. Bu haqda futbolchining o'zi telefon orqali xabar bergan. 2012 yil sentyabr oyida esa u jurnalist Pilar Rubio bilan uchrasha boshlagan. Pilar Serxiodan 8 yosh katta. 2013 yili 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali ular ota-ona bo'lishlari malum bo'lgan. 2014 yil 6 may kuni Serxio Ramos o'g'il farzandli bo'lgan. CHaqaloqqa Serxio Ramos Rubiy-kichkina deb nom berishgan. 2015 yil may oyida esa ular ikkinchi marotaba farzandli bo'lishlarini malum qilishgan. 2015 yil 15 noyabr kuni Ramoslar oilasida ikkinchi farzand dunyoga kelgan. Ota-onasi unga Marko deb ism qo'ygan.
Jahongir Sotvoldiev tayyorladi
Fikrlar