So’nggi yangiliklar

07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  1 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  32 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  8 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  5

Islombek Ismoilov: Pro ligadan Superligaga chiqish uchun to'rtta klub oxirigacha kurashsa kerak Yangiliklar

Islombek Ismoilov: Pro ligadan Superligaga chiqish uchun to'rtta klub oxirigacha kurashsa kerak

Pro liga 6-turi doirasidagi Dinamo - Turon (1:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o'yin haqida to'xtalib o'tdi.

- Alamli mag'lubiyatga uchradik. «Dinamo» o'yinning so'nggi daqiqalaridagi xatomiz uchun jazoladi. Aslida o'yin durang bilan yakunlansa adolatdan bo'lardi, menimcha. Ko'rgan bo'lsangiz o'yinni oxirida biz ham hisobni tenglashtirish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandik. Bu futbol. Xatolarni to'g'irlashga harakat qilamiz.

«Dinamo» uzoq tarixga ega bo'lgan jamoa. «Turon» esa endi shakllanayotgan klub. Samarqand jamoasida tajribali murabbiylar, yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Ularning ham o'z ambiciyalari bor. Biz ham o'z o'yin uslubimizga ega bo'lishimiz uchun vaqt talab etiladi. Bugun shunday o'yin ediki, qaysi jamoa gol ursa, o'sha yutib ketardi. Bu borada omad «Dinamo»ga kulib boqdi. Umuman olganda jamoamiz o'yinidan qoniqdim.

Superliga uchun kimlar kurashadi? Hali endi 6-tur o'tdi. Ko'rib turibsiz, jamoalar orasida farq katta emas. SHu bois Superliga yo'llanmasi uchun jiddiy kurash kechishi aniq. SHu jumladan, «Dinamo» va «Turon» ham Superligaga chiqish uchun kurashadi. Qolaversa, peshqadam «SHo'rtan» klubi va «Neftchi» ham faqat Superligani ko'zlagan. Menimcha, mana shu to'rt klub o'rtasida chempionat oxirigacha jiddiy kurash kechsa kerak. Qolaversa, qolgan to'rt klub ham istalgan jamoani mag'lub eta oladi. Pro ligada klublar o'rtasida farq katta emasligi o'yinlarni keskin va qiziqarli o'tishiga sabab bo'lmoqda, - deydi Ismoilov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика