So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Islombek Ismoilov – istedodlarga to'la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin: OFK rasmiy sahifasi Islombek Ismoilov haqida katta maqola elon qildi Yangiliklar

Islombek Ismoilov – istedodlarga to'la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin: OFK rasmiy sahifasi Islombek Ismoilov haqida katta maqola elon qildi

OFK rasmiy sahifasi O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maqola elon qildi.

Islombek Ismoilov – ajoyib istedodlarga to'la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin. Chunki uning boshqaruvidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2012 yilgi U-16 Osiyo chempionati bosh sovrini qatoriga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan U-17 Osiyo kubogi chempionligini ham qo'shib qo'ymoqchi.

Turnir davomida O'zbekiston juda ishonchli o'yin ko'rsatmoqda, 5 o'yinning barchasida g'alaba qozonib, 15 ta gol urishga erishdi. Bosh murabbiy Islombek Ismoilov esa har bir futbolchiga imkoniyat taqdim etmoqda.

Islombek Ismoilov endigina 32 yoshda va musobaqadagi bosh murabbiylar orasida eng yosh hisoblanadi. Uning murabbiylik yo'li yanada ertaroq boshlangan. Ismoilov 27 yoshda O'zbekiston Superligasining 2020/2021 yilgi mavsumida «Turon» klubi bosh murabbiyi sifatida 22 ta uchrashuv o'tkazgan.

Murabbiyning qobiliyati yuqori baholandi va o'sha vaqtdagi O'zbekiston U-14 terma jamoasiga taklif qilinib, 3 yildan buyon ushbu jamoani boshqarib kelmoqda. Islombek Ismoilov o'z jamoasini shakllantirishi uchun etarli vaqtga ega bo'ldi va natijalar sekin-asta ko'zga tashlanmoqda.

O'zbekiston terma jamoalarining yoshlar musobaqalaridagi ajoyib ishtirokini davom ettirgan murabbiy jamoasi Osiyo kubogining yagona engilmas jamoasi bo'lib qolmoqda.

Jamoa doimo raqib ustidan dominantlik qilib, vaziyatlar yaratish, golga chanqoqlikni afzal ko'radi — O'zbekistonni tomosha qilish zavqli.

Darvozabon Bahodir Izboskanovdan tashqari, barcha 22 nafar futbolchilar malum daqiqa o'yin o'tkazib ulgurdi.

Hatto turnirda eng ko'p gol kiritgan Asilbek Aliev ham faqat ikkita uchrashuvdagina boshlang'ich tarkibda o'yinni boshlagani Ismoilovning o'ziga xos boshqaruvining yorqin misoli. Bu esa jamoa ruhiyatini ko'tarishga yordam berdi.

Ismoilovning jamoasi juda barqaror bo'lib, jamoa kiritgan 15 ta golda 10 nafar futbolchi hissasiga to'g'ri keladi.

Agar bu jamoa shu tempda davom etaversa, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O'zbekiston ushbu yosh toifasidagi musobaqada barcha uchrashuvda g'alaba qozonib, chempion bo'lgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylanadi. Bunga qadar Eron o'smirlari 2008 yilgi turnirda shunday natija qayd etgan.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика