So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  21 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Islom Ismoilov Zomindagi g'alabadan keyin: "Jamoaning etakchi futbolchilariga jiddiy etirozim bor" Yangiliklar

Islom Ismoilov Zomindagi g'alabadan keyin: "Jamoaning etakchi futbolchilariga jiddiy etirozim bor"

PRO Liga 5-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ishtirok etdi.




"Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, to'g'ri g'alaba qozondik, lekin bunday g'alaba menga kerak emas. Bugungi o'yin uchun jamoamizning etakchi futbolchilariga jiddiy etirozim bor. Bu o'yinni albatta tahlil qilamiz, nafaqat etakchi, boshqa futbolchilarimizga ham etirozlarim etarlicha. Sababi o'yinga tayyorgarlik davomida futbolchilarga hujumkor o'yin namoyish etish haqida ko'rsatma beramiz. Lekin yigitlar biz istagan ko'rsatmalarni bajarmayapti yoki bajara olmayapti. To'g'risini aytganda, bugungi o'yindan qoniqish hosil qilmadim.

Hakamlar ishini baholaydigan maxsus qo'mita bor, ularni ishiga baho berish bizning vazifamiz emas. O'yin davomida murabbiyda vaziyatdan kelib chiqib hayajon bo'ladi, bu tabiiy xol.

Takror aytaman, biz tayyorgarlik jarayonida futbolchilarga faqat hujumkor o'yin namoyish etishlari bo'yicha ko'rsatmalar beramiz. Mashg'ulotlarimiz ham hujumkor uslubdagi futbol namoyish etishga mo'ljallangan. Balki ruhiyat bilan bog'liqdir, yoki boshqa sababi bordir, futbolchilar maydonda bizning ko'rsatmalarimizni to'liq bajara olishmayapti.

SHu o'rinda sifatli maydon uchun va bu erda olib borilgan bunyodkorlik ishlari uchun "Zomin" klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Bugun "Zomin" mag'lubiyatga loyiq o'yin namoyish etmadi" - deydi Islombek Ismoilov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика