So’nggi yangiliklar

16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  20 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  7 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  32 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  12

Islom Ismoilov: "Superligaga chiqishimiz uchun "SHo'rtan", "Neftchi" va "Dinamo"ni mag'lub etishimiz kerak" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Superligaga chiqishimiz uchun "SHo'rtan", "Neftchi" va "Dinamo"ni mag'lub etishimiz kerak"

Pro liga 13-turidan o'rin olgan "Turon" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Qiyin o'yin bo'lishi oldindan malum edi. "Dinamo" jamoasi ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda futbolchilar mukammal o'yin ko'rsatdi. SHuning evaziga hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limda jamoa himoyaga ko'proq etibor qaratdi. Lekin, yutayotgan vaqtimizda himoyaga yotib olish topshirig'i berilmagan edi. Balki, bu ruhiyat bilan bog'liqdir. Yana tahlil qilib ko'rib chiqamiz. Himoyada ko'proq harakat qilganimiz hisobiga raqib qanotlardan havfli hujumlarni amalga oshirdi. Yakunda penaltidan hisobni tenglashtirdi. Qolaversa, ikkinchi bo'limda bizda chiziqlar orasidagi bog'lamlar uzulib qoldi. Futbolchilar o'yinning tonusini yo'qotib qo'ygani hisobiga birinchi bo'limdagidek o'ynay olishmadi.

To'g'ri, Superligaga chiqishimiz uchun raqiblardan ochko olishimiz kerak. Yani "SHo'rtan", "Neftchi", "Dinamo" kabi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak. "SHo'rtan" hozir "Oq-tepa"ga yutqazdi. Nimalar bo'layotganini hech kim tushunmayapti. Bu turda g'alaba qozongan jamoa keyingi turda ochko yo'qotmoqda.

Musobaqa formati qay tarzda davom etishi reglamentda ko'rsatilgan. 1-4 o'rinni egallagan jamoalar Superligaga chiqish yo'lida harakat qilishadi. 5-8 o'rindagi jamoalar esa Pro ligada qolish uchun kurashishadi. Ikki davra davomida uy safar tizimida o'tkaziladi.

"Turon" akademiyasi borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahalliy murabbiylar ish olib boryapti. Ota-onalar klubga kelishsa xodimlarimiz bilan bog'lanishlari mumkin",- deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика