So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Islom Ismoilov: "Futbolchilardagi jarohatlar muammolarni keltirib chiqarmoqda" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Futbolchilardagi jarohatlar muammolarni keltirib chiqarmoqda"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "Turon"-"Neftchi"(1:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin durangg mos emasdi. G'alabaga biz ko'proq haqli edik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz, futbolchilarimni tani bo'lmayapti. Tarkibimizda ko'plab futbolchilar jarohatlangan edi. Qaysidir manoda bu omillar ham o'yinga tasir qildi. Asilbekni bugun maydonga tushurish rejamizda yo'q edi. Lekin, shunga majbur bo'ldik. CHunki, zaxiramiz tor edi. Asilbekda jarohat bo'lishiga qaramasdan yaxshi harakat qildi. 

Maqsadimiz hujumkor futbol ko'rsatish. Lekin, tarkibimizdagi ayrim ijrochilar biz xohlagan narsalarni bajarib bera olmayapti. Talablarimizga mos tushmayapti. Safardagi ikki o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

"Neftchi" nomini o'zi bu raqibga hurmat bilan qarashni anglatadi. Bilasiz, "Neftchi" o'ziga yarasha tarixiga ega jamoa sanaladi. Raqibni o'yinini tahlil qilish mening vazifam emas. Lekin, ular ham ochkolar qo'lga kiritishga harakat qilishmoqda. Karantindan keyin ko'p jamoalar tayyorgarlik uslubini o'zgartirdi. Karantindan oldin "Neftchi" boshqacha o'ynayotgan edi. Bizda ham kamchiliklar bor, hujumlar orasidagi bog'lamlar ustida ishlashimiz kerak. 

Har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. Futbolchilarni ruhiyatini ko'tarishga harakat qilmoqdamiz. "Xorazm" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun ixtiyorimizda vaqt kam. 22 sentyabr kuni yo'lga chiqamiz, bir kun mashg'ulot o'tkazar ekanmiz. Jamoamizdagi muammolar haqida gapiradigan bo'lsam vaqt etmaydi. Futbolchilar bilan bog'liq muammolar bor. Kutilmagan jarohatlar bizga muammolar keltirib chiqarmoqda. Bugun umuman maydonga tushmagan futbolchilar ham o'ynadi",- deydi Islom Ismoilov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика