Isko yana bir marta murabbiyning qo'lini siqishni istamadi
17 jan 2019 17:41
Yangiliklar
Isko yana bir marta murabbiyning qo'lini siqishni istamadi
"Real" yarim himoyachisi Isko Ispaniya kubogining 1/8 finali doirasida "Leganes"ga qarshi o'yindan keyin bosh murabbiy Santyago Solarining qo'lini siqishni istamadi.
26 yoshli futbolchi o'yinning 68-daqiqasida almashtirildi. Garchi uni murabbiy kutib turgan bo'lsa-da, Isko u tomon yurmadi va argentinalikning qo'lini siqishni istamadi.
Oldinroq Iskoning Solari bilan munozaralarga borayotgani borasida malumotlar berilgandi. SHu boisdan ispaniyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.
Iskoga hozirda "Manchester Siti" va "Yuventus" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar