So’nggi yangiliklar

09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  0 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  3 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  1 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  5 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  1 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  2 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  236 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16

Ishonish qiyin, ammo ular bir jamoada to'p tepishgan... (2-qism) Yangiliklar

Ishonish qiyin, ammo ular bir jamoada to'p tepishgan... (2-qism)

Quyida qachondir bir klubda to'p tepgan mashhur futbolchilar haqida so'z yuritamiz.

Mikel Arteta va Mesut O'zil

Hozirgi "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hamda Mesut O'zil 2013-16 yillarda "to'pchilar" safida birga harakat qilgan. 

Mikelning "Arsenal"dagi so'nggi yillari, O'zilning esa klubga kelganiga uncha ko'p bo'lmagan yillarida bu ikki futbolchi "Arsenal"ga katta yordam bergan. 

SHuningdek, Germaniya termasi sobiq futbolchisi Arteta murabbiyligi ostida ham klubda harakat qilgan. O'zil 2021 yilda 7,5 yillik faoliyatidan Artetaning "Arsenal"idan ketgan.

Iker Kasilyas va Samuel Eto'O

Bu ikki afsonaviy futbolchi 1999-2000 yillar oralig'ida "Real Madrid"da birga faoliyat olib borgan. Har ikkala futbolchining ham ilk professional klubi aynan Madrid klubi bo'lgan. 

Iker Kasilyas dastlab "Real Madrid S", keyin "Real Madrid B", undan so'ng esa "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibiga saralab olingan. 

Eto'O 1997 yildan boshlab "Real"da o'ynay boshlagan. Kamerunlik futbolchi 3 yil davomida turli jamoalarda ijara asosida to'p tepgan. Keyinchalik Madrid klubi safiga qaytmagan va "Malorka"ga sotib yuborilgan.

Ispaniyalik posbon esa uzoq yillar "qirollik klubi"da faoliyatini olib borgan hamda 2015 yilda "Portu" safiga borib qo'shilgan.

Kurt Zuma va Per-Emerik Obameyang

Franciyalik hamda gabonlik bu ikki futbolchi 2011 yildan 2013 yilgacha "Sent-Eten" tarkibida birgalikda harakat qilgan.  

Franciya klubi Zuma uchun professional faoliyatidagi ilk klub edi. Auba uchun esa 6-klub bo'lgan. O'sha paytlarda "Sent-Eten" mana shunday futbolchilar bilan yaxshi o'yinlar ko'rsatgan. Buning mevasi sifatida 2013 yilda klub Franciya Liga Kubogi sohibiga aylangan. Bir yildan so'ng Zuma "CHelsi"ga, Obemeyang esa "Borussiya" Dortmuntga o'tgan.

Isko va Jordi Alba

Ispaniyalik futbolchilar 2010/11 yilgi mavsumda "Valensiya" klubi sharafini himoya qilishgan. 

Qiziqarlisi shundaki, ularning har ikkalovi ham "Valensiya B"dan asosiy tarkibga jalb etilgan. Alba 2007-2008 yillarda, Isko esa 2009-2012 yillarda "ko'rshapalaklar"ning ikkinchi jamoasida harakat qilgan. Isko "Valensiya" uchun umumiy 7 ta, Alba esa 73 ta o'yin o'tkazgan. Keyinchalik himoyachi "Barselona"ga, yarim himoyachi esa "Malaga"ga yo'l olgan.

Raul Gonsales va Luis Enrike

Madrid hamda Barselona afsonasi 1994-96 yillar oralig'ida  "qirollik klubi"da harakat qilgan. Luis Enrike "Sporting"dan olib kelingan bo'lsa, Raul "Real Madrid" yoshlari orasidan tanlab olingan. SHu ikki yil ichida bu futbolchilar "Real" bilan birinchi marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritishgan. 

1996 yilda "Barselona" Luis Enrikega qiziqayotganini bildirib, futbolchini sotib olgan. Raul Gonsales Madridda qolib, klubning to'purariga aylangan (ayni paytda Ronaldudan keyingi ikkinchi to'purar). Luis Enrike esa ham "Barselona", ham "Real"da o'ynaganiga qaramasdan, muxlislar tomonidan nafratga duchor bo'lmagan, sababi futbolchining har ikki klubga bo'lgan hurmati yuqori.

SHuhrat Homidov tayyorladi

Ishonish qiyin, ammo ular bir jamoada to'p tepishgan...

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика